Britaniya Menejment Universitetining grantlari

Toshkent shahridagi Britaniya Menejment Universiteti, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar yoki Sirdaryo viloyatida bahorda sodir bo’lgan falokatdan eng ko’p zarar ko’rgan hududlardagi oilalarning iqtidorli va yuqori akademik ko’rsatkichlariga ega bo’lgan talabalarga o’qish narxining 100 foizini qoplaydigan tanlov asosida 20 ta grant taqdim etadi (shu jumladan Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlari).

 

Grant asosida o`qishga ariza berish uchun quyidagilar talab qilinadi:

  • 2020 yil 15-iyulgacha (shu jumladan) universitetga kirish uchun ariza.
  • kirish imtihonlarini (matematika va ingliz tili) muvaffaqiyatli topshirish va Qabul komissiyasining ijobiy (qabul qilinganligi haqidagi) qarorini kutish.
  • 10-16 avgust kunlari shaxsiy kabinetga grant olish uchun arizani yuklash, shu jumladan:
  • English ingliz tilida “Nima uchun men BMU grantiga loyiqman ” mavzusida insho
  • oiladagi moliyaviy ahvolni tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  • qo’shimcha hujjatlar (olimpiada g’oliblarining diplomlari, sertifikatlari; o’quv yutuqlari va qobiliyatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar).

Grantlar va Stipendiyalar Komissiyasi grant g’oliblarini qaror asosida qabul qiladi va avgust oxirida g’oliblarni xabardor qiladi. Agar kerak bo’lsa, murojaat etuvchilardan Komissiya bilan qo’shimcha onlayn suhbat o’tkazishga taklif etiladi.

 

Oiladagi moliyaviy ahvolni tasdiqlovchi hujjatga talablar:

Tasdiqlovchi hujjat arizachining yashash joyidagi mahalla qo’mitasi tomonidan berilishi va u quyidagi toifalardan biriga tegishli ekanligini tasdiqlashi kerak:

  • ota-onasini yo’qotgan oilada bolalarni tarbiyalashini qarindoshlari o`z zimmasiga olganligi;
  • oilada ota, onasi yoki ikkalasining nogironligi;
  • nogiron bolasi bor oiladan (bolalar);
  • oilada 14 yoshga to’lmagan ikki yoki undan ortiq bolalarini tarbiyalovchi (beva ayol), boshqa qarindoshlaridan alohida yashashi;
  • to’liq bo’lmagan oilada onalar (otalar) bolani (bolalarni) tarbiyalaydigan oiladan. Bunday holda, bolani onasi (otasi) tomonidan to’liq bo’lmagan oilada tarbiyalashini fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi belgilaydi;
  • Sirdaryo viloyatida bahorda sodir bo’lgan falokatdan zarar ko’rgan oiladan (Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlari).

 

MUHIM: Barcha ma’lumotlar va axborotlar sinchkovlik bilan tekshiriladi!

 

Britaniya Menejment Universiteti Grantlari to’g’risidagi nashrlar KUN.UZ da 2020 yil 25 iyunda
Britaniya Menejment Universiteti Grantlari to’g’risidagi nashrlar “Daryo” da 2020 yil 25 iyunda