fbpx

BMU talabalari uchun maxsus taklif!

Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti va «Ipak yo’li» AITB banki joriy yil «Foundation»dasturiga qabul qilingan abituriyentlarga o’z hamkorligini e’lon qilib va soddalashtirilgan ta’lim kreditlarini taqdim etilganligini mamnuniyat bilan xabar qilamiz.

Soddalashtirilgan ta’lim kreditining qulayligi qo’yidagicha:

— BMU abituriyentlari uchun maxsus arzonlashtirilgan kredit foizi;

— Mol-mulk garovi bo’yicha talab yo’qligi (24 oydan ko’p bo’lmagan muddatga 20 mln. so’mgacha bo’lgan kreditlar uchun);

— Mirzo Ulug’bek filialida kredit olish uchun soddalashtirilgan shart-sharoitlar

Manzil Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Hamid Olimjon ko’chasi, 5-uyda joylashgan bankning filiali (pasport va BMU shartnoma ko’rsatilishi lozim)

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun +998-78-148-02-34 (Kredit bo’limi) yoki +998-78-148-07-77 (bankning umumiy raqami)