fbpx

Biz haqimizda

Rektor murojaati

 

Toshkentdagi Britaniya menejment universitetiga xush kelibsiz!

 

Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti (keying o‘rinda Universitet) O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limni samarali rivojlanish uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan izchil siyosatiga muvofiq, bo‘lajak biznes rahbarlari va iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uchun yuqori darajali mutaxassislar tayyorlaydigan menejment bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi bo‘lish uchun tashkil etilgan. Ushbu muhim maqsadga erishish uchun biz muvaffaqiyatli professional karyerani kafolatlaydigan sifatli Britaniya ta’limini taqdim etamiz. Biz bunga jahon ta’lim standartlaridan foydalangan holda, sohaning yetakchi kompaniyalari bilan tasdiqlangan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, talabalarga moliya, biznes, moliya tahlili va audit sohalaridagi va tegishli fanlar bo‘yicha talabda bo‘lgan bilim berish bilan erishamiz.

davomi

 

Universitet bakalavr bosqichi talabalari, magistrantlar, shuningdek, kompaniya rahbarlari va tadbirkorlar uchun dunyo standartidagi ta’limni taklif etadi. Ularning barchasi dunyoning eng ilg‘or universitetlari darajasida bilim beradigan eng yaxshi xorijiy va o‘zbekistonlik professorlar va o‘qituvchilardan ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Barcha dasturlar xalqaro standartlarga javob beradi, ingliz tilida olib boriladi va talabalarga nafaqat Universitet diplomini, balki bizning chet eldagi hamkor universitetlarimizdan birining xalqaro professional diplomlar va/yoki ikkinchi diplomini olish imkoniyatini beradi. Barcha bitiruvchilarimiz o‘zlari tanlagan iqtisodiyot sohalarida talabda bo‘lgan professional bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Shu tariqa ular O‘zbekistonda ham, chet elda ham o‘z sohalari bo‘yicha ish topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

 

Universitetning rahbarlar jamoasi va Vasiylik Kengashi umumiy hisobda xalqaro oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimida 50 yildan ortiq tajribaga ega. Ular qatorida Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Germaniya, Rossiya, va Xitoy kabi dunyoning o‘nlab mamlakatlaridagi ko‘p asrlik tarixga ega nufuzli oliy ta’lim muassasalari, shunigdek yangi tashkil etilgan yosh universitetlar ham mavjud. O’qituvchilarimizning ko’pchiligi Markaziy Osiyoda katta ish tajribaga hamda O‘zbekiston ilmiy maydonidagi barcha manfaatdor tomonlarning ehtiyojlari va madaniyati to‘g‘risida chuqur tushunchaga egadirlar.Ularning barchasi o’z sohalarining mutaxassislari va talabalar bilan o’z bilimlari va tajribalarini baham ko’rishdan mamnun.

 

 

2020-yil sentabr oyida Universitet Britaniyadagi hamkor universitet tomonidan ishlab chiqilgan va akkreditatisyadan o‘tkazilgan “Foundation” dasturiga (to‘rt yillik bakalavr dasturining birinchi yili) talabalarni qabul qildi. Dastur to‘liq ingliz tilida olib boriladi va talabalarga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olishni davom ettirishlarida kerak bo‘ladigan til ko‘nikmalari va biznes fanlari asoslarini qamrab oladi. Talabalar “Foundation” dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganlaridan so‘ng ular akademik va ishbilarmonlar uchun ingliz tilining kerakli standartlariga erishganliklari, shuningdek universitetda bakalavr dasturlarida o‘qishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan asosiy fan va ko‘nikmalarini o‘zlashtirganliklarini tasdiqlovchi, dasturni yakunlaganligi to‘g‘risida Sertifikatni qo’lga kiritadilar. Talabalik tajribasi akademik yutuqlardan ham yuqoriroq hisoblanadi. Shu sababli universitet o’z talabalarini sport, she’riyat va ko’ngillilar harakati kabi turli xil talabalar faoliyatini tashkil etish orqali ularning individual rivojlanishida qo’llab-quvvatlaydi.

 

 

Biz O‘zbekistondagi global o‘zgarishlar davrda yashayapmiz. Keyingi bir necha yil ichida mamlakatda ko‘plab o‘zgarishlar va yangiliklar ro‘y beradi, shuning uchun bitiruvchilarimizning kelajakdagi talablarga mos sifatli ta’lim olishlari juda muhimdir. Universitetimizdagi ta’lim sizni uzoq muddatli muvaffaqiyatli karyera uchun zarur bo‘lgan barcha bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi.

 

 

Sizni Toshkentdagi Britaniya menejment universitetida kutib qolamiz!

Konrad OzogRektor

Istiqboldagi rejamiz

Menejment sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi xalqaro darajadagi universitetga aylanish hamda kelajak liderlari va yuqori toifadagi mutaxassislarni tayyorlash.

Vazifamiz

Sifatli Britaniya ta’limini taqdim etish orqali bitiruvchilarni professional va shaxsiy muvaffaqiyatga tayyorlash.

Maqsadlar

  • talaba va magistrlarga jahonning ilgʻor universitetlari darajasida bilim va koʻnikmalar beradigan tajribali xorijiy va maxalliy professor-oʻqituvchilardan taʼlim olish imkoniyatini berish;

 

  • talabalarga ijtimoiy mas’uliyatni anglash bilan bir qatorda kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlab, O‘zbekistonda yoki xorijda muvaffaqiyatli karyera qurish uchun real imkoniyat berish;

 

  • BMU bitiruvchilarining deyarli barchasini o‘qishni tugatgandan so‘ng uch oy ichida ishga joylashtirilishini ta’minlash.

Toshkentdagi Britaniya Menejment Universiteti

Vatanda o’qi, dunyoda tanil!

Xalqaro hamkorlik

Universitet bakalavriat va magistratura dasturlarining aksariyati Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va ularning amalga oshirilish sifati nazorati bizning xorijiy hamkorlarimiz tomonidan amalga oshiriladi. Bunday Xalqaro yo‘nalish dasturlari kelajakda chet elda ishlashni yoki o‘qishni rejalashtirgan talabalar uchun ayniqsa qiziqarli bo‘ladi.  Talabalar Universitet diplomidan tashqari, qo’shimcha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan so’ng, hamkor universitetlarning ikkinchi diplomini yoki kasb diplomini olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Dastlab bir diplomli dasturlarda o’qishni tanlagan, ammo keyinchalik asosiysiga qo’shimcha tarzda ikkinchi bakalavr diplomiga Britaniyaning hamkor universitetida o’qishga qaror qilgan talabalar Universitetning 4-kursida maxsus qo’shimcha dasturga qo’shilish orqali amalga oshirishlari mumkin.

IXTISOSLIKLAR VA YO’NALISHLAR:

 Bakalavr ilmiy darajasi (BSC)

  • Buhgalteriya hisobi va moliya
  • Bank ishi va moliya
  • Boshqaruv axborot tizimlari

 Biznesni boshqarish bo’yicha bakalavr darajasi (BBA)

  • Loyiha boshqaruvi
  • Logistika va ta’minot zanjirini boshqarish
  • Elektron tijorat va raqamli marketing
  • Tadbirkorlik va innovatsiyalarni boshqarish
  • Aloqa va jamoatchilik bilan aloqalar
  • Iqtisodiy va barqaror rivojlanish

 2023-yilda ochiladi

Biznes boshqaruvi magistri (MBA) quyidagi yo’nalishlar bo’yicha:

  • Strategik moliyaviy Menejment
  • Strategik loyiha boshqaruvi
  • Ta`lim sohasida tadbirkorlik
  • Ma`lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya qilish

Buxgalteriya sohasida ixtisoslashgan va ACCA (Sertifikatlangan diplomga ega buxgalterlar assotsiatsiyasi) kasbga oid imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalar Buyuk Britaniyaning ikkita taniqli universitetlaridan birining bakalavr darajasini – ikkinchi diplom olishlari mumkin: Oksford Bruks universitetining “Amaliy moliyaviy tahlil va audit” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasi yoki London universitetining “Professional moliyaviy tahlil va audit“ mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasi (“Dasturlar” bo‘limidagi tafsilotlarga qaralsin).

Korporativ sektor bilan hamkorlik

Korporativ sektor va tadbirkorlik mulohazasining o‘zaro uyg‘unligi talabalarimizning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun asos bo‘ladi. Xalqaro ishbilarmonlar, mahalliy tadbirkorlar va top-menejerlar o‘quv dasturini ishlab chiqish bilan birga talabalarning karyerasini rejalashtirishga ham jalb qilinadilar.

 

 

Universitetning soha liderlari bilan o‘zaro yaqin aloqalari biznes-sektorga ham sezilarli darajada ustunliklar beradi. Professorlarimiz va o‘qituvchilarimizning har biri o‘z mutaxassisliklari eksperti sanaladilar. Ularning aksariyati dunyoning eng nufuzli universitetlaridagi ilmiy karyerasiga qo‘shimcha ravishda yirik kompaniyalarga, shuningdek startaplarga ham maslahatlar berib kelishgan.

Xalqaro professional tashkilotlar bilan aloqalar

Hozirgi vaqtda Universitet sertifikatlangan Moliyaviy tahlilchilar va auditorlar assotsiatsiyasining ACCA (Buyuk Britaniya) kumush maqomini olgan, shuningdek, Moliyaviy tahlilchilar instituti CFA (AQSh) va Loyihalarni boshqarish instituti PMI (AQSh) tomonidan sertifikatlash bosqichidadir.Ushbu tashabbus nafaqat Universitetning barcha dasturlarini ishlab chiqishda, amalga oshirishda va boshqarishda ilg’or jahon ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlaydi, balki talabalarimizga bitirganlaridan so’ng butun dunyoda tan olingan professional bilim, ko’nikma va diplomlarni olishlariga imkoniyat ham yaratadi.

Karyerani rivojlantirish markazi

Talabalarni muvaffaqiyatli kasbiy karyeraga tayyorlashga yordam berish maqsadida universitetda Karyerani rivojlantirish markazi tashkil etiladi. Ushbu markaz vakolatli mutaxassislarni izlayotgan kompaniyalar bilan koorporativ sektorda yoki tadbirkorlik sohasida karyera qilishni istagan talabalar o’rtasida ko’prik bo’lib xizmat qiladi. Markaz faoliyati universitet talabalari, xalqaro va mahalliy kompaniyalar rahbarlari hamda muvaffaqiyatli tadbirkorlar o’rtasidagi professional aloqalarni va imkoniyatlarni kengaytirishni o’z ichiga oladi.

Vatanda va chet elda ish bilan ta'minlash

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan barcha mutaxassisliklar talabalarga iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida, nafaqat O’zbekiston,balki qo’shni davlatlardagi ish beruvchilar,shu bilan birga xalqaro kompaniyalar uchun doimo talabda bo’ladigan kasbiy bilim va amaliy ko’nikmalarni beradi.

Universitet Huquqiy Asosi

Britaniya menejment universiteti hukumat tomonidan berilgan litsenziyaga ega 8-xususiy universitetdir. Universitet O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil topgan boʻlib, uni quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin:

https://bmu-edu.uz/uz/category/docs-uz/

Universitetga qabul uchun ariza topshirish