Ingliz tili markazi bizning universitetimizda yoki ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarning biror oliy o‘quv yurtida o‘qishni rejalashtirganlar uchun Toshkentdagi eng yaxshi ingliz tilini o‘rganish kurslarini taqdim etadi. Bundan tashqari, bizda nafaqat suhbatlashish ko‘nikmalarini, balki professional va akademik ingliz tilini ham erkin o‘zlashtiradigan, o‘zlarining karyeralariga yangi turtki berishni xohlovchi ishlaydigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan dastur mavjud. Kurslarimiz talabalarga to‘rt asosiy element – og‘zaki suhbat, tinglash, o‘qish va yozishni interfaol o‘qitish orqali tilning ilg‘or ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun imkon beradi.
Darslarimiz nimasi bilan ajralib turadi?
Barcha darslarni biznesda va dars berishda katta tajribaga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSh, Avstralia va boshqa mamlakatlardan kelgan inglizzabon o’qituvchilar olib boradilar
Real biznes ssenariylari va o‘qituvchilar tajribasiga asoslangan haqiqiy biznes-keyslar til vaziyatlari sifatida ishlatiladi
Interfaol guruhlarda ishlash shakli keng qo‘llaniladi, bu esa tinglovchilarning ingliz tilida so‘zlashadigan muhitdagi muloqot ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga imkon beradi
“Pre-Foundation” dasturi – bu Toshkentdagi Britaniya Menejment Universitetida (BMU) o’qishni rejalashtirgan talabalar uchun 36 haftalik dastur. Kurs bo’lajak talabalarga o’zlariga ishonchni va ilmiy-amaliy ko’nikmalarini kengaytirib, birinchi o’quv yili uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni rivojlantirishga imkon beradi. Ingliz tilida savodxonlik va matematika fanlarini chuqur o’rgatilishiga katta ahamiyat beriladi.
Dasturimizning afzalliklari nimalardan iborat?
Ingliz tili kurslari Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSh, Avstraliya va boshqa ingliz tilida so’zlashadigan mamlakatlardan kelgan professionallar tomonidan olib boriladi
O’ta faol guruh ishtirokchilarga ingliz tili muhitda samarali muloqot qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib beriladi
Matematika ikkta tilda o`rgatiladi: asosiy tushunchalarni yoritish / tushuntirish uchun o’zbek yoki rus tillarida, so’ngra esa ingliz tilida, o’quvchilarni universitetda mavjud bo’lgan ingliz tili muhitga tayyorlash uchun.
Zarur bo’lganda yoki talabalarning talabiga binoan qo’shimcha darsliklar taqdim etiladi
Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar BMU Foundation Yearga IELTS sertifikatlarisiz va universitetning matematikadan kirish imtihonisiz qa’bul qilinadilar.
Pre-Foundation dasturini eng yaxshi 3 nafar bitiruvchisiga BMU Foundation Year o’qishi xarajatlarining 50 foizini qoplaydigan akademik grant beriladi..
INGLIZ TILI O’QITUVCHILARI + MATH TUTOR FOTOLAR / BIOS
Ushbu kurslar o’rta maktab o’quvchilari yoki yaqinda tugatgan o’quvchilarga ingliz tili va matematika bo’yicha ko’nikmalarini 2022 yil sentyabr oyida Foundation dasturiga o’qishga kirishga yordam berish uchun mo’ljallangan.