BMU ning chet ellik o’qituvchilari Toshkent shahri maktablarida ta’lim beruvchi ingliz tili o’qituvchilari malakasini oshirmoqda

BMU ning chet ellik o’qituvchilari Toshkent shahri maktablarida ta’lim beruvchi ingliz tili o’qituvchilari malakasini oshirmoqda

 

 

Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti (BMU) respublika umumta’lim maktablari o’qituvchilarining malakasini baholash va takomillashtirish orqali mamlakatning ta’lim salohiyatini rivojlantirishda faol ishtirok etadi.

Hukumatning 2030 yilgacha xalq ta’limi tizimini rivojlantirish majburiyatlari doirasida BMU Toshkent shahridagi o’rta maktab o’qituvchilari o’rtasida ingliz tilini bilish darajasini baholadi.

Hozirda BMU xalqaro mutaxassislari va ingliz  o’qituvchilari malaka va mahoratlarini oshirish maqsadida Toshkent shahridagi 30 ta maktabning ingliz tili o’qituvchilariga bepul ta’lim berishadi. Bu darslardan asosiy maqsad o’qituvchilarning ingliz tilini B2 (Upper Intermediate) dan C1 (Advanced) darajasiga ko’tarishdir. Talim yakunida barcha o’qituvchilar Toshkent shahridagi Davlat test markazida CEFR C1 sertifikatiga imtihon topshirishlari kerak.

Zamonaviy tajribalar va o’qitish uslublarini o’rganish va joriy etish o’qituvchilarga respublika umumta’lim maktablari o’quvchilariga ingliz tilini o’rgatish darajasini sezilarli darajada oshirishga imkonini beradi.

Britaniya menejment universiteti (BMU) muvaffaqiyatli ishga joylashishga yordam beradi hamda bitiruvchilarga xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bo’lishga imkon yaratadigan va yuqori talablarga javob beruvchi mutaxassisliklarni taklif etadi.  BMUning eng muhim ustunligi bu Kembrij, Garvard, Massachusets texnologiya instituti, Kolumbiya universiteti, London iqtisodiyot maktabi, Edinburg universiteti va boshqalar kabi nufuzli jahon universitetlarida katta tajribaga ega bo’lgan xalqaro mutaxassislar guruhidir.