fbpx

Daniil Osipov, Ph.D.

Moliya professori
Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti

Moliya bo‘yicha Ph.D.
Minnesota shtati universiteti, AQSh

Tarjimai xol

Doktor Daniil Osipov – korporativ moliya, risklarni boshqarish, moliya institutlari va biznesni baholash sohasida xalqaro darajadagi pedagogik va tadqiqot tajribasiga ega o‘qituvchidir. U bir necha marta korporativ mijozlar va tadbirkorlar uchun executive-darajasida treninglar, shu jumladan offshordagi sarmoyalar, neft kompaniyalari faoliyatini va real imkoniyatlarni baholash bo‘yicha seminarlar olib borgan. Doktor Osipov Birmingem qirollik sudi va qirolicha Yelizaveta II (Buyuk Britaniya) sudida Qozog’iston moliyaviy tizimi bo‘yicha tashqi ekspert sifatida ishlagan.

 

Ilgari doktor Osipov Xalqaro iqtisodiy maktabda (Qozog’iston) Qozog‘iston-Britaniya texnika universiteti va London iqtisodiyot maktabining (Buyuk Britaniya) qo‘shma loyihasida moliya bo‘yicha dotsent bo‘lib ishlagan, shuningdek QBTU MBA dasturida korporativ moliya, xalqaro moliya institutlari va boshqa moliyaviy fanlardan dars bergan. Daniil Osipov turli vaqtlarda Comtech (Rossiya) xalqaro metall etkazib berish kompaniyasida bozor bo‘yicha analitik va Bank of Austria Group (Rossiya) kompaniyasining qimmatli qog’ozlar bo‘yicha eksperti bo‘lib faoliyat yuritgan.

 

Daniil Osipov fizika bo‘yicha bakalavr va magistr darajalariga, shuningdek, Moskva Davlat universitetida (Rossiya) moliyaviy menejment magistri darajasiga ega. Janob Osipov Minnesota universiteti Menejment fakultetini (AQSh) biznes boshqaruvi (moliya ixtisosligi bo’yicha) falsafa doktori (Ph.D.) daragasiga ega.