Davlatbek Abduvaliev, Ph.D., ACCA, CMA

Buxgalteriya hisobi professori
Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti

Moliya va buxgalteriya hisobi bo‘yicha Ph.D.
Manchester universiteti

Tarjimai xol

Doktor Davlatbek Abduvaliev Markaziy Osiyoda qariyb yigirma yillik ilmiy va ish tajribasiga ega buxgalteriya hisobi va moliya sohasidagi taniqli mutaxassis sanaladi. U Nazarboev Universiteti Biznes Maktabida (Dyuk Universiteti Fukua biznes maktabi tomonidan taklif etilgan), KIMEP universiteti (Qozog‘iston) va Xofstra universitetida (AQSh) o‘qituvchilik faoliyati va tadqiqot ishlari bilan shug‘ullangan. Doktor Abduvaliev barcha darajadagi talabalarga – bakalavr, magistrlar, Executive MBA dasturlarida turli xil fanlardan dars bergan hamda eng yuqori darajadagi ta’lim standartlari uchun bir qator mukofotlar bilan mukofotlangan. Doktor Abduvaliyev korporativ moliya, moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish va boshqaruv fanlarini o’qitgan, u tomonidan bir qator o‘quv materiallari, darsliklar uchun boblar, xalqaro anjumanlarda taqdim etilgan ma’ruzalar nashr etilgan.

 

Doktor Abduvaliev tarmoq bo‘yicha va konsaltingda katta tajribaga ega. U Aura GmbH (Germaniya) kompaniyasining mustaqil direktori, shuningdek, moliya va operatsiyalar bo‘yicha direktor bo‘lib ishlashgan. Shuningdek, u KIMEP universitetida vitse-prezident o‘rinbosari va moliya direktori lavozimlarida ishlagan, Xalqaro dasturlar markazida (Qozog‘istondagi Prezident stipendiyasi dasturini nazorat qiluvchi hukumat tashkiloti) moliya direktori bo‘lib ishlagan. Davlatbek Abduvaliev bir qator mahalliy va xalqaro kompaniyalarda biznes-trener va boshqaruv bo‘yicha maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan. Uning mijozlari orasida “Katta To‘rtlik”, Qozog’iston Milliy Banki, yirik tijorat banklari, bir nechta neft va gaz kompaniyalari (Agip KCO, KPO) va boshqalar mavjud.

 

Doktor Abduvaliev Manchester universitetining (Buyuk Britaniya) buxgalteriya hisobi va moliya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) hamda Xofstra universitetining (AQSh) moliya va bank ishi bo‘yicha MBA darajalarini olgan. Unga sertifikatlangan diplomga ega buxgalter (ACCA) va boshqaruv hisoboti bo‘yicha sertifikatlangan buxgalter (CMA) unvonlari berilgan.