fbpx

Evan Simpson, Ph.D.

Raqamli texnologiyalar maktabi dekani
Narxoz Universiteti, Qozog’iston

Taklif etilgan menejment sohasi professori
Biznes boshqaruvi fakulteti

Menejment, Ph.D.
Glazgo Universiteti, Buyuk Britaniya

Tarjimai xol

Doktor Evan Simpson asli Shotlandiyalik bo’lib, so’nggi o’n besh yilni O’rta Osiyoda o’tkazgan va mintaqaviy iqtosidyot haqida, shuningdek sifatli oliy ta’limning mintaqa kelajagidagi ahamiyati haqida chuqur tushunchaga ega. U hozirda Qozog’istonning Almati shahrida joylashgan Narxoz Universitetining Raqamli texnologiyalar maktabi dekani hisoblanadi. Bundan avval u KIMEP Universitetida (2004-2014) turli rahbarlik lavozimlarida, shuningdek, Strategik Rivojlanish bo’yicha prorektor lavozimida ishlagan. U Qozoq-Britaniya Texnika Universitetida (2014-2018) Biznes fakulteti dekani lavozimida ham ishlagan.

 

Doktor Simpson pedagogika sohasida, shuningdek o’quv dasturlarini ishlab chiqish borasida katta tajribaga ega. U O’rta Osiyo, Afrika, Osiyo and Buyuk Britaniyada bakalavr talabalardan tortib, korxonalar rahbarlarigacha dars va treninglar berib keladi. U, 1993-2004 yillar orasida Glasgo Universitetida iqtisodiyot va shaharlarni qayta tiklash boyicha tadqiqot olib borgan. Doktor Simpson shaharlarni qayta tiklashda davlat-xususiy sherikchiligini boshqarish mavzusidagi doktorlik tadqiqotini 1999 yilda Glasgo Universitetida himoya qilgan. Uning tadqiqot ishlari va konsalting loyihalari asosan tadbirkorlik, ilmga asoslangan va kreativ iqtisod, shuningdek metallurgiya, aerokosmika, turizm va kompyuter o’yinlari sohalarida klasterlarni boshqarish mavzulariga bag’ishlangan.

 

Doktor Simpson ijtimoiy fanlar bo’yicha magistr darajasini Glazgo Universitetidan (Buyuk Britaniya), shaharlarni rivojlantirish sohasida ikkinchi magistraturasini Stratklayd Universitetidan (Buyuk Britaniya) va Menejment bo’yicha Ph.D. darajasini Glazgo Universitetidan (Buyuk Britaniya) olgan.