fbpx

Akademik registrator


Luiza Qayumova

Luiza Qayumova

Akademik registrator

Tarjimai xol

Luiza Qayumova xonim– Toshkentdagi Britaniya Menejment Universitetining akademik registratori. U talabalarni ro’yxatdan o’tkazish va o’qitish bilan bog’liq vazifalar hamda talabalar va o’qituvchilar faoliyatini tashkil etish va yozuvlarini yuritish uchun javobgardir.

 

Luiza dars jadvali va imtihonlarni boshqaradi, talabalar ko’rsatkichi, stipendiyalar va talabalar harakati, transferlar, akademik ta’til va shu kabi ko’plab faoliyatlarni nazorat qiladi hamda talabalarni o’quv dasturini muammosiz yakunlashga imkon beradigan tizimni ta’minlashga yordam beradi.

 

U muhim xalqaro tajribaga ega. U Birlashgan Arab Amirliklarida o’n yildan ziyod vaqt yashab, moliyaviy kompaniyada turli boshqaruv lavozimlarida ishlagan. Hozirda u Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro biznes huquqi yo’nalishi bo’yicha magistraturada tahsil olmoqda.

 

Luiza Qayumova buxgalteriya hisobi va audit bakalavriat darajasiga ega bo’lgan Toshkent moliya institutining bitiruvchisi.