fbpx

Maykl Tvorek, Ph.D.

Ta'sischi va bosh direktor
Kembrij gumanitar fanlar guruhi

Tadbirkorlik kafedrasi mehmoni professori
Umumiy ta'lim fakulteti

Tarix fani bo’yicha Ph.D.

Garvard Universiteti, AQSh

Tarjimai xol

Doktor Maykl Tvorek Amerikaning Cambridge Humanities Group kompaniyasi ta’sischisi va bosh direktori hisoblanadi. Bu innovatsion startap butun dunyo bo’yicha o’qituvchilar va talabalar o’rtasidagi munosabatlarni tashkillashtirishda sun’iy intellektdan foydalanish boyicha yechimlar ishlab chiqadi. Doktor Tvorek ko’p yillardan beri ta’lim sohadia faoliyat yuritayotgan kompaniyalarga ta’lim dasturlarini shakllantirish va talantlarga bo’lgan ehtiyojlari borasida maslahat berib keladi. Uning biznes, konsalting va tadqiqot borasidagi keng qamrovli tajribasi Boston Consulting Group va Horijda Ta’lim bo’yicha Boston Assotsiatsiyasi tarafidan e’tirof etilgan.

 
Doktor Tvorek 12 yildan beri Garvard Universitetining tarix kafedrasi dotsenti hisoblanadi. Uning tadqiqot mavzulari va darslari ta’lim tarixi va globalizatsiya, ta’lim sohasida tadbirkorlik, STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika), liderlik va kommunikatsiya, ta’limning kelajagi, sun’iy intellekt sohasida etika kabilarni o’z ichiga oladi. U Varshava universiteti, Garvard Universitetining Italiya Uyg’onish davri boyicha tadqiqot markazi hamda Niderlandiya tadqiqotlar markazida taklif etilgan professor bo’lib ishlagan. Doktor Tvorek Fulbrayt va boshqa xalqaro tashkilotlarning nufuzli tadqiqot grantlarini qo’lga kiritgan. Garvard universitetidagi pedagogik faoliyati davomida yetti marta «Pedagogik faoliyatidagi yutuqlari uchun» mukofotiga sazovor bo’lgan.
 
Doktor Tvorek Triniti universitetida (AQSh) tarix bo’yicha bakalavr va ta’lim sohasida magistr darajasini olgan. Shuningdek, Garvard universitetida (AQSh) tarix sohasida Ph.D. darajasini olgan.