Megan Freyzer xonim Avstraliya poytaxti — Kanberrada tug‘lgan. U Osiyoning turli mamlakatlarida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida 10 yildan ortiq tajribaga ega. Sharqshunos darajasini olgach, Freyzer xonim Janubiy Koreyaga ko‘chib o‘tdi, u yerda boshlang‘ich maktabda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishladi. Aynan o‘sha yerda u o‘zida o‘qituvchilikka muhabbatni kashf etdi va o‘zini ta’limdagi karyeraga bag‘ishlashga qaror qildi.
U Xitoy, Malayziya va Singapurda bolalar bilan bir qatorda o‘smirlar va kattalarga ham ingliz tilidan dars berishda davom etdi.
Uning kurslar portfoliosi o‘z ichiga so‘zlashuv tili, IELTS topshirishga tayyorgarlik, akademik yozish va hokazo kabi mutaxassisliklarning katta to‘plamini oladi. Oxirgi uch yil davomida Freyzer xonim Sharqiy Timorda armiyaning ofitserlar tarkibiga ingliz tili o‘qitish loyihasida faoliyat yuritdi.
Freyzer xonim DELTA (Katta yoshli tinglovchilarning ingliz tili o‘qituvchisi diplomi) professional malakasiga ega. Uning mualliflik metodikasi — zamonaviy jonli kontent(teleseriallar, gazeta maqolalari, teleshou va hk.)ni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish va undan o‘qitishning vositasi sifatida foydalanish. Megan, doimiy amaliyot va ingliz tilini hayotiy vaziyatlarda ishlatish — til o‘zlashtirishning eng yaxshi usuli, deb sanaydi. U ingliz tilini o‘qitish jarayoniga turli medialarni integratsiya qilish zamonaviy metodikalarini talabalar bilan bajonidil bo‘lishishga tayyor.
Freyzer xonim Avstraliya universitetida olgan “Sharqshunoshlik va xalqaro aloqalar”, shuningdek, “Indoneziya tili” bakalavri darajasi bilan Toshkentdagi Britaniya menejment universitetida ish faoliyatini boshlaydi. Shuningdek, u Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya)da olgan CELTA va DELTA professional diplomlariga ham ega.