O‘qituvchi

Ingliz tili markazi

🇺🇿
Menglieva Elyanora

Menglieva Elyanora

O‘qituvchi
Ingliz tili markazi

Tarjimai xol

Menglieva Elyanora xonim O‘zbekistonning Termiz shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz tili filologiyasi bo‘yicha bakalavr va ingliz tili lingvistikasi bo‘yicha magistr darajalarini olgan. Mengliyeva xonimga 2018 – yilda Buyuk Britaniyaning Uorvik (Warwick) universitetida ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish bo‘yicha magistraturada ta’lim olish uchun Xornbi ta’lim jamg‘armasining stipendiyasi berilgan.

 

Menglieva xonim ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish, chet tili o‘qituvchilarini tayyorlash, o‘quv dasturini ishlab chiqishda katta tajribaga ega. U respublikaning eng yaxshi ta’lim maskanlarida, shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida, Toshkent davlat yuridik universitetida, OO‘MTV qoshidagi Bosh ilmiy-metodik markazida ham ishlashga muvaffaq bo‘lgan.  Bundan tashqari, u Yevropa Ittifoqi va Britaniya Kengashining nufuzli xalqaro tadqiqot loyihalarida ham ishtirok etgan. 2020 – yilda u baholashni shakllantiruvchi ish tartibini joriy qilish bo‘yicha boshqarishni ishlab chiqish uchun Xornbi ta’lim fondining bitiruvchilar uchun grantiga sazovor bo‘ldi.  Ushbu amaliyotlar ingliz tili o‘qituvchilarida baholash ko‘nikmalarni yaxshilashga yo‘naltirilgan.

Menglieva xonimning professional qiziqishlari korpus lingvistikasi, ikkinchi chet tilini o‘zlashtirish, maxsus va akademik maqsadlar uchun ingliz tilini o‘qitish metodikasi, metodik materiallar yaratish, o‘qituvchilarning tadqiqot ko‘nikmalarini o‘z ichiga olgan holda ingliz tilini ikkinchi va chet tili sifatida o‘qitish va o‘rganish singari qator savollarga javob beradi.

Menglieva xonim O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidan ingliz tili filologiyasi bakalavri va ingliz tili lingvistikasi  magistri darajalari, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Uorvik universitetidan olgan ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha magistrlik darajasi bilan Toshkentdagi Britaniya menejment universitetida ish faoliyatini boshlaydi.