fbpx

Navro’z Nosirov

Navro'z Nosirov

O’qituvchi
Ingliz tili markazi

Biografiya

Janob Navro’z Nosirov O‘zbekistonda tug‘ilgan. U 2012- 2016 yillar davomida O’zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi va tillarni o’qitish bo’yicha bakalavr bosqichini tamomlagan. Shundan buyon o’tgan besh yil davomida davlat maktablarida va O’zbekistondagi yetakchi xalqaro universitetlarda EAP (akademik maqsadlar uchun ingliz tili) va ESP (aniq maqsadlar uchun ingliz tili) kabi turli yo’nalishlarda ingliz tilini o’qitib kelmoqda. Bundan Tashqari, janob Navro‘z Nosirov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg’armasi tomonidan 2019 yilda o‘tkazilgan xorijda tahsil olish uchun 1-stipendiya tanlovida g‘olib bo‘lib bo’lgan.

 

Janob Nosirov O’zbekiston Davlat Jahon tillari Universitetidan “Tilshunoslik” (ingliz tili) yo’nalishi bo’yicha magistr darajasini qo’lga kiritib, 2021 – yildan beri ingliz tili tilshunosi (tadqiqotchi-pedagog) sifatida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berib kelmoqda. Shuningdek, u Buyuk Britaniyaning Aston universitetida tahsil olib, TESOL (Boshqa tillarda so‘zlovchilarga ingliz tilini o‘qitish) va tarjimashunoslik boyicha Aston universitetining  diplomini olgan. U o ‘zining profesional ish tajribasi davomida Angliyaning “Cambridge Assessment” tashkilotida tarjimon va muharrir sifatida ishlagan. Shuningdek, u ingliz tilin  xorijiy va ikkinchi chet tili sifatida o ‘qitish bo‘yicha bir qator onlayn-vebinarlarni amalga oshirish uchun o’qituvchi-murabbiy sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

 

Janob Navro’z Nosirov Britaniya Menejment universitetida O’zbekiston Davlat Jahon tillari Universitetining “Lingvistika” yo’nalishi bo’yicha magistr darajasi hamda Buyuk Britaniya Aston universitetining TESOL va Tarjimashunoslik yo‘nalishi diplomi bilan o‘z faoliyatini boshlagan.