Ricky Li xonim Xitoy va ASEAN mamlakatlarida “Osiyoda biznes yuritish” maxsus kursini o’rgatadi. U ilgari Singapur, Indoneziya, Xitoy va Gonkongda menejment bo’yicha maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan va yirik korporatsiyalarning raqamli transformatsiyasi ustida ishlagan.
Ricky Sobiq Sovet merosining Markaziy Osiyoning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri bilan qiziqadi. Xususan, Armaniston Iqtisodiyot vazirligi bilan hamkorlikda o’tgan tadqiqotlarini hisobga olgan holda, u kichik va o’rta korxonalarning ekotizimi va siyosatiga, jumladan, rivojlanish, mintaqaviy integratsiya va hamkorlikka alohida qiziqish bildiradi.
Li xonim AQShdagi Yale universiteti va Gonkong Fan va Texnologiya Universitetining menejment bo’yicha ikki tomonlama magistrlik darajasini va Pekin xorijiy tadqiqotlar universitetining (Xitoy) xalqaro iqtisodiyot va savdo bo’yicha bakalavr darajasini olgan.