fbpx

O‘qituvchi

Ingliz tili markazi


Rodni Lu

Rodni Lu

O‘qituvchi
Ingliz tili markazi

Tarjimai xol

Janob Rondi Lu Janubiy Afrikaning dengiz bo‘yidagi Port-Elizabet shahrida tug‘ilgan. O‘n yildan ortiqroq vaqt davomida u Sharqiy va Markaziy Osiyoda ingliz tilidan dars berib kelmoqda. Aslida u universitetda tijorat sohasini o‘rgangan va bu borada karyera qilishni xohlagan edi, ammo Rodni 2010-yil Janubiy Koreyada boshlang‘ich maktabga birinchi marta o‘qituvchi bo‘lib ishga kirganidan boshlab bu kasbga qiziqib qoldi va u yerda 2 yil faoliyat ko‘rsatdi. O‘shandan buyon u Xitoy, Malayziya, Sharqiy Timor va Singapur kabi turli osiyo mamlakatlarida ishlashga muvaffaq bo‘ldi.

 

Akademik karyerasi davomida Rondi Lu turli yoshdagi, kelib chiqishdagi va e’tiqoddagi talabalar bilan darslarni olib bordi. U ishbilarmonlar uchun ingliz tili, til imtihonlariga tayyorgarlik, akademik ingliz tili, ofitserlar uchun ingliz tili kabilarni o‘z ichiga olgan keng spektrli kurslarni o‘qitgan.

 

Uning ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish sohasidagi qiziqishlari o‘z ichiga o‘quvchilarning akademik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ingliz tilidagi murakkab predmetlardan imtihonlarga tayyorlash, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va til maktablarida menejment singarilarni oladi. Rodni til o‘rganishning eng yaxshi yo‘li — til konteksti: ingliz tilida gapirish, o‘qish, yozish va eshitishga imkon qadar chuqurroq kirishish, deb hisoblaydi.

 

Janob Lu Rodsa (Janubiy Afrika) universitetida olgan  savdo sohasidagi “Iqtisod va menejment” mutaxassisligi bakalavri darajasi, shuningdek, CELTA (Ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish Kembrij Sertifikati) bilan Toshkentdagi Britaniya menejment universitetida ish faoliyatini boshlaydi. 2020-yilning dekabr oyida Rodni Kembrij universitetida DELTA (Ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish diplomi) xalqaro malakasining oxirgi modulini o‘tashni rejalashtirgan.