Janob Sardor Po’latov Toshkent shahrida tug’ilgan. Toshkentning til markazlarida ESL (ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’qitish) bo’yicha yetti yillik tajribaga ega. So’nggi ikki yil davomida u O’zbekiston yetakchi Xalqaro Universitetlarda EAP (Ingliz tili akademik maqsadlar uchun) va ESP (inglizcha maxsus maqsadlar uchun) bo’yicha dars berib kelgan.
Ta’lim olish jarayonida olingan Bank va moliya sohasida yuqori malakaga ega bo’lib, shuningdek yirik aviakompaniyaning turli bo’limlarida ishlash davomida muhim ish tajribalarini to’plagan Sardor, kelajakda muvaffaqiyatli menejer va biznes sohasi mutaxassislari bo’lish istagidagi talabalarga yordam berishni juda xohlaydi. TESOL (boshqa tillarda so’zlashuvchilarga ingliz tilini o’rgatish) bo’yicha magistraturani tugatgandan so’ng darhol janob Po’latov Universitet darajasida ingliz tilidan dars berishni boshladi.
Janob Sardor Po’latovning o’quv jarayoniga yondashuvda talabani birinchi o’ringa qo’yadi va ko’plab turli xil aloqa shakllari hamda zamonaviy interaktiv metodlarni qo’llaydi. Bundan tashqari, uning kuchi o’quvchilarda qiziqish uyg’otadigan mashg’ulotlar orqali rag’batlantirish va ruhlantirishdadir. U iloji boricha talabalarni doimiy ravishda o’zaro aloqa bilan ta’minlab, faol talabalarni rag’batlantiradi, o’zlashtirishga qiynalayotganlarni esa qo’llab-quvvatlaydi.
Janob Po’latov Britaniya Menejment Universitetida Wales Universitetining Bank va moliya bakalavri, Webster Universitetining Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’qitish magistri va u o’z faoliyatini TEFL (Ingliz tilini chet tili sifatida o’qitish) sertifikati bilan ish boshladi.