fbpx
Coca-Cola Kompaniyasi
O’zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston
bo’yicha Regional Direktor


Shadab Xan

Shadab Xan

Coca-Cola Kompaniyasi
O’zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston
bo’yicha Regional Direktor

Menejment bo’yicha magistratura
T.A. Pai Menejment Instituti, Hindiston

Tarjimai xol

Coca-Cola Kompaniyasining O’zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bo’yicha Regional Direktori, janob Shadab Xan ushbu davlatlardagi biznes faoliyatini boshqaradi. U 2018 yil noyabr oyida Coca-Cola Kompaniyasining Toshkentdagi mintaqaviy ofisiga rahbar etib tayinlandi. Janob Xan 2007 yilda Coca-Cola Kompaniyasining Hindiston filialiga Bosh Menejer etib tayinlangan va Mijozlarni Boshqarish va Tijoriy Strategiyasi sohalarida faoliyat yuritgan. 2012 yilda Nepal va Bhutan so’ngra esa Coca-Colaning Bangladesh bo’yicha Boshqaruv Direktori etib tayinlangan.

 

Janob Xan Coca-Cola Kompaniyasini faol tamsil etib keladi va so’nggi 6 yil mobaynida Janubiy Osiyoda sanoatni rivojlantirish bo’yicha davlat-xususiy sherikchilik platformasini rivojlantirish masalasi bilan faol shug’ullanadi. U hozirda Coca-Cola Uzbekistan va AmCham Uzbekistan (Amerika O’zbekiston Savdo Palatasi) Boshqaruv Kengashida faoliyat yuritadi. So’nggi yigirma yil mobaynida u telekommunkatsiya, qadoqlangan oziq-ovqat maxsulotlari, salqin ichimliklar sohasidagi startaplar, kichik firmalar va xalqaro kompaniyalarda, jumladan Unilever va Coca-Cola Kompaniyasida faoliayt yuritgan. U karyerasi davomida rivojlangan davlatlarda (Singapur, Avstralia) hamda rivonlanayotgan davlatlarda (Hindiston, Bangladesh, Nepal) faoliyat olib borgan.

 

Janob Xan Hindistonning T.A. Pai Menejment Institutida (Hindiston) Menejment bo’yicha magistratura hamda Haydaroboddagi Hindiston Menejment Maktabida Savdo Sohasida Strategik Bosqaruv boyicha Sertifikat Dasturini yakunlagan.