fbpx

Shohruhbek Tulanov

Iqtisodiyot o'qituvchisi
Biznes boshqaruvi fakulteti

Injenerlik sohasi magistri
Seul Milliy Fan va Texnologiya universiteti, Koreya

Biografiya

Janob Shohruhbek Tulanov – sanoat iqtisodiyoti, loyihalarni boshqarish, marketing va temir yo’l tizimlari va ishlab chiqarish sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega bo’lgan malakali sanoat menejeri. Uning turli kasbiy tajribasi davlat va xususiy kompaniyalarda boshqaruv lavozimlarini o’z ichiga oladi. U “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining marketing va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘limlari boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va jamiyat boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosarining rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yordamchisi lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, u “Cross Sector Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Loyiha menejeri sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan.

 

Janob Tulanov Seul Milliy Fan va Texnologiya Universitetida (Koreya) Muhandislik magistri va Uels Universitetida (Buyuk Britaniya) Sanoat menejmenti bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.