fbpx

Kembrij Markaziy Osiyo forumi Raisi


Fizika professori
Kembrij universiteti, Buyuk Britaniya


Siddxart (Montu) Saksena, Ph.D.

Siddxart (Montu) Saksena, Ph.D.

Direktor
Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti


Kembrij Markaziy Osiyo forumi Raisi

Fizika professori
Kembrij universiteti, Buyuk Britaniya

Eksperimental fizika bo‘yicha Ph.D.
Kembrij universiteti, Buyuk Britaniya

Tarjimai xol

Professor Siddxart (Montu) Saksena BMUdagi boshqaruv lavozimini Cambridge universiteti, Iso kolleji, Cambridge Markaziy Osiyo forumi direktori lavozimi bilan birlashtiradi. U bir qator professorlik, shuningdek, Faxriy va mehmon professor unvonlariga ega va o‘nlab nomzodlik dissertatsiyalari, magistrlik va bakalavriat loyihalariga rahbarlik qilgan. So’nggi besh yil ichida Professor Saksena to’rtta yirik xalqaro konferentsiya va ko’plab muhokama forumlariga raislik qilgan va xalqaro konferensiyalar, hukumat va jamoat forumlarida 70 dan ortiq yalpi va asosiy nutq so’zladi. U Eksperimental fizika hamda Rivojlanish tadqiqotlari bo’yicha 70 ta tadqiqot maqolalari va kitob bo’limlarini nashr etgan.

 

Professor Saksena eksperimental fizika sohasidagi tadqiqotlarida kuchli bog‘langan elektronlar, o‘ta o‘tkazuvchanlik va magnitlanish faniga e’tibor qaratadi. U to’rtta yangi supero’tkazgichni, shu jumladan birinchi ferromagnit supero’tkazgichni kashf etdi. 2006 yilda u Xalqaro sof va amaliy fizika ittifoqi (IUPAP) yosh olim medali bilan taqdirlangan.

 

Professor Saksena 20 yildan ortiq vaqt davomida Markaziy Osiyoda ilmiy tadqiqot ishlarida faol ishtirok etib, jumladan, Qozogʻistonning Olmaota va Ostona, Oʻzbekistonning Buxoro va Fargʻona vodiysi, Xitoyning Qashgʻar shaharlari, shuningdek, Afg’onistonning baʼzi hududlariga alohida eʼtibor qaratdi. 2011-yilda “Qozog‘iston ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” medali, Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlarining “Shon-sharaf” medallari bilan taqdirlangan.

 

Professor Saksena Nyu-Orlean universitetini (AQSh) fizika bo‘yicha bakalavr darajasini tamomlagan va Cambridge universitetidan falsafa doktori ilmiy darajasini olgan, eksperimental fizika bo’yicha Ph.D. ilmiy darajaga ega. U Groningen universitetida (Niderlandiya) va London Universitet kollejida (Buyuk Britaniya) postdoktoranturada ta’lim olgan, shuningdek, Cambridge universitetining (Buyuk Britaniya) Girton kollejida amaliyot o’tagan.