fbpx


Stiven Lin

Stiven Lin

Biznes fanlari bo'yicha o'qituvchi
Biznes boshqaruvi fakulteti

Biznes boshqaruvi magistri
Janubiy Kaliforniya universiteti, AQSh

Biography

Janob Stiven Lin Biznes boshqaruvi fakulteti o’qituvchisi bo‘lib, amaliy ko‘nikmalarga e’tibor qaratgan holda global biznes va tadbirkorlikni o‘rgatadi. U o’n yildan ortiq turli mamlakatlarda moliya, tadbirkorlik va loyiha boshqaruvi sohalarida ishlagani uchun amaliy va akademik tajribasini talabalar bilan bo’lishadi. BMU jamoasiga qo’shilishdan avval Stiven AQShning Envision xalqaro ekologik texnologiya kompaniyasida maslahatchi bo’lib ishlagan. Shuningdek, u Tayvanda birja brokeri va Singapurda startap asoschisi sifatida tajribaga ega.

 

Janob Linning akademik tajribasi Qozog‘iston-Britaniya Texnika Universitetida (Olmaota, Qozog‘iston) Tadbirkorlik markazini ishga tushirishni o‘z ichiga oladi, u yerda u mahalliy bozorga yo‘naltirilgan muvaffaqiyatli dastur ishlab chiqdi. Qolaversa, Stiven Ostonadagi Jeneva biznes maktabi, Xalqaro biznes akademiyasi va Sulaymon Demirel universitetida (Qozogʻiston) taklif qilingan oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritgan.

 

Janob Lin AQShning Janubiy Kaliforniya universitetining Biznes boshqaruvi bo’yicha magistr darajasini qo’lga kiritgan, shuningdek, Xalqaro menejment hamda Siyosiy iqtisod mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega, Kaliforniya universiteti, Berkli, AQSh.