fbpx


Stiven Rivz

Stiven Rivz

O`qituvchi
Ingliz tili markazi

Biografiya

Janob Stiven Rivz Angliyaning Kent shahridan bo‘lib, ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rgatish va  ingliz tilini biznes sohasida o‘qitish bo‘yicha ko’p yillik tajribaga ega. O’n ikki yillik tajribasi davomida u Rossiya Federatsiyasida turli til akademiyalarida dars bergan, yirik xalqaro korporatsiyalarda trener va maslahatchi sifatida ishlagan, shuningdek, yuqori darajadagi federal shifoxonada til dasturini ishlab chiqish bo’yicha faoliyat yuritgan. Uning avvalgi korporativ mijozlari jumlasiga farmatsevtika, texnologiya, moliya va tabiiy resurslar sohalari yetakchilari kiradi.

 

Janob Rivzning asosiy mutaxassisligi til foydalanuvchisining ko’nikmalarini rivojlantirish, gramatikani to’g’ri ishlatish va chet tilini ishlatishda yuqori darajadagi aniqlikni shakllantirishga qaratilgan. Bo’sh vaqtlarida Janob Rivz jahon tarixi va chet tillari o’rganishga sarflaydi.

 

Janob Rivz Toshkentdagi Britaniya menejment universitetida Markaziy Lankashir universitetining ingliz adabiyoti, TEFL professional sertifikati, TKT sertifikati va ko‘plab ichki professional o‘quv dasturlari bitiruvchisi sifatida faoliyat olib boradi.