fbpx

Timur Umarov, Ph.D.

Umumta’lim fakulteti Dekani
Kompyuter fanlari professori

Kompyuter fanlari bo'yicha Ph.D.
King's College London, Buyuk Britaniya

Biografiya

Professor Timur Umarov 1998 yildan buyon ilm bilan shug’ullanadi. U Shimoliy Arizona Universitetida ilk oʻqituvchilik tajribasiga ega boʻlib bakalavriatda oʻqish davrida Hisob, Diskret matematika, Elektrotexnika, Kimyo kabi bir qancha kurslarda o’qituvchi boʻlib ishlagan. 11 yil davomida Timur Umarov Qozog‘istonning Almata shahridagi Qozog’iston-Britaniya Texnika Universitetida (QBTU) faoliyat yuritib IT fakulteti dekani o‘rinbosarligidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga ko‘tarilgan. U dasturlarni rivojlantirish, ikki tomonlama diplomlar, xalqaro akkreditatsiyalar bilan bog’liq ko’plab muvaffaqiyatli akademik loyihalarga rahbarlik qilgan va Qozog’iston Ta’lim va fan vazirligining ” Distinguished Faculty ” mukofoti bilan taqdirlangan.

 

Timur Umarovning eng katta yutuqlaridan biri ABET (Muhandislik va texnologiya boʻyicha akkreditatsiya Kengashi, AQSH) tomonidan QBTUda bevosita uning rahbarligida boʻlgan uchta IT-dasturlari: Avtomatlashtirish va boshqarish, Axborot tizimlari va Kompyuter tizimlari boʻyicha akkreditatsiya olgani boʻldi. Keyinchalik u ushbu dasturlarni yana 6 yil davomida qayta akkreditatsiyadan hech qanday kamchiliklarsiz va akkreditatsiya Kengashining takomillashtirish bo’yicha tavsiyalarisiz o’tkazishga rahbarlik qildi. Keyinchalik u Kompyuter fanlari dasturlari bo’yicha ABET dasturi baholovchisi sifatida tasdiqlandi va shu yuzasidan 2018 yilda Alyaska universitetiga tashrif buyurgan. U butun dunyo bo’ylab bir qator universitetlar uchun ABET sharhlovchisi sifatida xizmat qilishda davom etmoqda.

 

Professor Timur Umarov London King’s College (Buyuk Britaniya)da kompyuter fanlari bo‘yicha Ph.D. ilmiy darajasini oldi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (O‘zbekiston) Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari magistri va Shimoliy Arizona universitetida (AQSh) Kompyuter fanlari bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.