fbpx


Viktoriya Levinskaya, Ph.D.

Viktoriya Levinskaya, Ph.D.

Umumta'lim fanlar fakulteti
Ijtimoiy fanlar professori

Siyosiy fanlar nomzodi

O`zbekiston Milliy Universiteti

Tarjimai hol

Doktor Viktoriya Levinskaya – oliy ta’lim tizimini chuqur tushunadigan, oliy ta’lim va uni boshqarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha istiqbolli va ilg‘or qarashlarga ega bo‘lgan tajribali mutaxassis va rahbar.

 

Doktor Levinskaya ikkita nufuzli Fulbrayt stipendiyasini qo’lga kiritgan va 2003 va 2007 yillarda Vashingtondagi Amerika universiteti va Jekson Davlat universitetlarida o’qitish va tadqiqot  ishlarini olib borgan. U, shuningdek, Malayziya Texnik hamkorlik dasturining bitiruvchisi (2009) hamda Malayziya Milliy kutubxonasi stipendianti va AQShning  Stenford universiteti, Massachusets texnologiya instituti va Kent universiteti hamkorligida tashkil etilgan International Visiting Leadership dasturining bitiruvchisi hisoblanadi.

 

Uning ilmiy qiziqishlari akademik kutubxonalarni boshqarish, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kabi sohalarga qaratilgan bo‘lib, bu haqida bir qator muhim nashrlari mavjud. Doktor Levinskaya oʻz faoliyati davomida oliy taʼlim boshqaruvi sohasida ishlagan, shuningdek, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Marokash, Tunis, Malayziya, Livan va boshqa mamlakatlardagi hamkorlar bilan turli oliy taʼlim loyihalarida ishtirok etgan. Shuningdek, u dunyoning turli universitetlarida tashrif buyuruvchi professor sifatida bir qator ma’ruzalar o‘qigan.

 

Ilgari Viktoriya Levinskaya 1991-2002 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida katta o‘qituvchi bo‘lib, bakalavriat uchun ijtimoiy falsafa, siyosiy falsafa, etika va estetika, magistratura talabalariga esa tabiiy fanlarga falsafiy yondashuv fanlaridan dars bergan. Doktor Levinskaya 2003 yildan 2020 yilgacha Toshkentdagi Xalqaro Westminster universitetining O‘quv resurs markazi rahbari, 2020-2021 yillarda esa Talabalar bilan birga ishlash va hamkorlik bo‘yicha rektor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

 

Doktor Viktoriya Levinskaya O‘zbekiston Milliy universitetining ijtimoiy va siyosiy falsafa fanlari nomzodi va falsafa bo’yicha bakalavriat darajasiga ega.

E-mail: vlevinskaya@bmu-edu.uz