Britaniya menejment universiteti Pre-Foundation (Tayyorlov) dasturi 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Darslar ingliz tilida so‘zlashuvchilar va yuqori malakali mahalliy o‘qituvchilar jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan va olib boriladi.
Har bir talaba erkin muloqot qilishni va ingliz tilida o‘qishni o‘rganishi uchun darslar interaktiv formatda o‘tkaziladi.
Britaniya menejment universitetining Pre-Foundation dasturining muvaffaqiyatli talabalari Buyuk Britaniyaning Riding universiteti (Reading University) tomonidan tasdiqlangan Foundation dasturiga kirish imtihonlarisiz talaba bo‘lish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘lishlari mumkin va universitetda o‘qish davri uchun 20% yoki 100% grant olishlari mumkin.
Riding universiteti (Reading University) qariyb 100 yil davomida Buyuk Britaniyada oliy taʼlim sohasida yetakchi boʻlib, taʼlimni innovatsiyalar va jo‘shqin talabalar hayoti bilan eng yuqori xalqaro standartlarga uygʻunlashtirib kelmoqda. Universitet har yili taʼlim dasturlari sifatini tasdiqlaydi va Times University Guide-2023 oliy ta’lim muassasalari reytingi boʻyicha Buyuk Britaniyaning TOP-30 ta eng yaxshi universitetlari va QS World University Rankings-2023 universitetlar reytingida TOP-250 ta eng yaxshi universitetlar qatoriga kiradi.
Dastur boshlanish vaqti:
2023-yil Sentabr
Dastur davomiyligi:
14 hafta.
Dars jadvali:
Haftada 3 marta, 90 daqiqadan.
Dastur narxi:
Oyiga 749 900 so‘m.
Qabul qilish talablari:
Ingliz tili IELTS 5.0 (B1) dan past boʻlmagan sertifikatga ega 10 va 11-sinf oʻquvchilari.
Shoshiling, joylar cheklangan!
Har bir shaxs Britaniya menejment universitetida til bilish daraja testini topshirishi va ertasi kuni natijalarni olishi mumkin.
Uchta oddiy qadamlar orqali – ariza shaklini to‘ldiring, qabul komissiyamiz bilan test sanasini tanlang va natijangizni bilib oling.