fbpx

Foundation dasturi haqida

Foundation nima?

Britaniya menejment universitetidagi Foundation dasturi talabalarni universitetda akademik muvaffaqiyatga tayyorlashga qaratilgan bir yillik kursdir.

Nima uchun BMU?

  • Britaniya menejment universiteti Foundation dasturi Buyuk Britaniyadagi TOP-30 va dunyodagi eng yaxshi universitetlarning TOP-250 taligidan joy olgan Riding universiteti (Buyuk Britaniya) tomonidan akkreditasiyadan o‘tgan;
  • Dastur sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, u boshqa yetakchi xorijiy universitetlarga o‘tishga yordam beradi;
  • Barcha dastur fanlari, jumladan, biznes fanlari yuqori malakali o‘qituvchilardan iborat xalqaro jamoa tomonidan ingliz tilida o‘qitiladi.

Bizning nomzodlarimiz kimlar?

IELTS 5,5 dan past boʻlmagan yoki unga tenglashtirilgan (TOEFL 46 dan past boʻlmagan) ingliz tili daraja sertifikatiga ega maktab, litsey va kasb-hunar kollej bitiruvchilari.

IELTS 5,5 dan past boʻlmagan ingliz tili daraja sertifikatiga ega bo‘lmaganlar uchun biz Buyuk Britaniyadagi Riding universiteti (University of Reading, Great Britain) tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan BMU ingliz tilidan BEPUL imtihonini taklif qilamiz.

Bizning nomzodlarimiz kimlar?

Xalqaro ingliz tili (2 semestr).

Talabalar kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantiradilar va ingliz tilidagi bakalavriat dasturi bo‘yicha o‘qishga tayyorlanadi va quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
• akademik o‘qish, yozish, tinglash va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
• akademik konvensiyaga muvofiq akademik lug‘at va matn yozish sohasida zarur bilimlarni olish;
• matnlarning har xil turlari va yozuv janrlari bilan tanishish;
• eslatma olish va akademik matnlarni tahlil qilish strategiyalarini o‘rganish;
• fundamental tadqiqotlar olib borish va o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish.

Akademik ko‘nikmalar (2 semestr).

Talabalar universitetda muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur bo‘lgan quyidagi kabi keng ko‘lamli ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
• o‘quv jarayonining akademik madaniyati, fundamental tadqiqotlari va tuzilishi bilan tanishish;
• tanqidiy fikrlash va o‘z-o‘zini namoyon etishning asosiy ko‘nikmalarini egallash;
• vaqtni boshqarish va imtihonga tayyorgarlikni o‘z ichiga olgan mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish;
• omma oldida qanday qilib muvaffaqiyatli nutq so‘zlashni, bahs va munozaralarda qatnashishni o‘rganish.

Biznes va menejmentga kirish (2 semestr).

Talabalar biznes va menejmentning asosiy nazariyalari va tushunchalari bilan tanishadilar va ushbu imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
• biznes jarayonlari, atrof-muhit va biznes boshqaruvining asosiy funksiyalari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
• korporativ boshqaruvning roli va tashkilotlar hamda ularning xodimlari duch keladigan axloqiy masalalar bilan tanishish;
• biznes muammolariga ijodiy yechim topishni o‘rganish, jumladan kengaytirilgan o‘quv materiallarida nazariyani baholash;
• qarorlar qabul qilish, axborot miqdorini aniqlash va boshqarish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni namoyish qilish.

Biznesda miqdoriy usullar (2 semestr).

Talabalar biznes matematikasi va statistikasi bo‘yicha asosiy va quyidagi kabi bilimlarga ega bo‘ladilar:
• modulning birinchi qismida talabalar hisob va algebra asoslarini o‘rganadilar;
• modulning ikkinchi qismida talabalar ehtimollar nazariyasi va statistika bilan tanishadilar.

Biznes uchun Axborot texnologiyalariga kirish (2 semestr).

Talabalar shaxsiy va biznes samaradorligini oshirish uchun asosiy axborot texnologiyalari va ilovalaridan foydalanishda ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirishlari mumkin:
• axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalarini va ularni biznes faoliyatini yaxshilashda qo‘llashni o‘rganish;
• Windows (Microsoft Office Word / Excel / PowerPoint / Access) asosidagi ilovalarning funksiyalari haqida bilimga ega bo‘lish;
• veb-dizayn asoslari va dasturlash tillari (HTML va CSS) bilan tanishish;
• kiberxavfsizlikni ta’minlashning asosiy yondashuvlarini o‘zlashtirish.

O‘qish xarajatlarini qanday kamaytirish mumkin?

  1. Butun o‘quv yili uchun to‘lash

Agar sizda IELTS = 5.5 daraja sertifikati yoki uning ekvivalenti (TOEFL = 46-59, BMU-Riding universiteti ingliz tili imtihoni natijalari boʻlsa), 2023-2024-oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 37 000 000 (o‘ttiz yetti million) so‘mni tashkil qiladi.

  • Toʻlov har bir oʻquv yilida ikki marta, har bir semestr boshlanishidan oldin 18 500 000 (o‘n sakkiz million besh yuz ming) soʻm miqdorida toʻlanadi.
  • Kuzgi semestr boshlanishidan oldin to‘liq o‘quv yili uchun 35 000 000 (o‘ttiz besh million) so‘m to‘lab, 2 000 000 (ikki million) so‘mni tejashingiz mumkin.

Agar sizda IELTS ≥ 6,0 daraja sertifikati yoki uning ekvivalenti (TOEFL ≥ 60, BMU-University of Reading English Exam = HIGH PASS B), 2023-2024-oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 29 600 000 (yigirma to‘qqiz million olti yuz ming) soʻmni tashkil qiladi.

  • Toʻlov har bir oʻquv yilida ikki marta, har semestr boshlanishidan oldin 14 800 000 (o‘n to‘rt million sakkiz yuz ming) so‘m miqdorida to‘lanadi.
  • Kuzgi semestr boshlanishidan oldin to‘liq o‘quv yili uchun 28 000 000 (yigirma sakkiz million) so‘m to‘lab, 1 600 000 (bir million olti yuz ming) so‘mni tejashingiz mumkin.
  1. Akademik grant olish

BMU Akademik grantlari 100 nafar eng yaxshi abituriyentga faqat ilmiy yutuqlari asosida beriladi. Ushbu grantlar O‘zbekiston Respublikasining turli vazirliklari tomonidan moliyalashtiriladi. Ariza beruvchilar quyidagi minimal mezonlarga javob berishi kerak:

  • IELTS ≥ 7,0 (TOEFL ≥ 94, BMU-University of Reading English Exam = HIGH PASS A) daraja sertifikatiga ega bo‘lish;
  • BMU matematika imtihonida 15/20 yoki undan yuqori ballga ega bo‘lish;
  • Ingliz tili o‘qituvchilarimizdan biri bilan suhbatdan o‘tish.
  1. BMU ijtimoiy grantini olish

BMU ijtimoiy grantlari kam ta’minlangan oilalardan 20 nafar eng yaxshi nomzodga beriladi. Ariza beruvchilar o‘zlarining kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi barcha tegishli hujjatlarni taqdim etishlari va quyidagi minimal mezonlarga javob berishlari kerak:

  • IELTS ≥ 6,0 (TOEFL ≥ 60, BMU-University of Reading English Exam = HIGH PASS A) daraja sertifikati bo‘lishi;
  • BMU matematika imtihonida 15/20 yoki undan yuqori ballga ega bo‘lish;
  • Ingliz tili o‘qituvchilarimizdan biri bilan suhbatdan o‘tish;

O‘quv to‘lovlarining 100 foizini qoplaydigan grantlar (ijtimoiy yoki akademik) eng yuqori umumiy ballga ega bo‘lgan abituriyentlarga beriladi.

BMU ijtimoiy grantlari yoki BMU akademik grantlari uchun ariza FAQAT talabgor universitetdan taklif xatini olgandan keyin topshirilishi mumkin.

Oylik stipendiyalar

BMU talabalarni akademik muvaffaqiyatga undaydi. Birinchi semestrdan so‘ng yuqori o‘quv natijalariga ega bo‘lgan talabalarga “Oltin” toifasi uchun 1 000 000 (bir million) so‘mgacha va “Kumush” toifasi uchun 500 000 (besh yuz ming) so‘mgacha bo‘lgan miqdorda stipendiyalar beriladi.

Savollaringiz bormi?

Agar savollaringiz bo‘lsa bog‘lanish uchun ma’lumotlaringizni qoldiring va biz sizga qo‘ng‘iroq qilamiz.

Onlayn xujjat topshirish

Foundation yilini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Britaniya menejment universitetining bakalavr dasturlaridan birida oʻqishni davom ettirishlari mumkin. Barcha talab qilinadigan modullarni va o’zlari tanlagan ta’lim yo’nalishi bo’yicha yakuniy loyihani tugatgan talabalar professional sertifikatlarga imtihon topshirish imkoniyatiga ega bo’lishadi.