fbpx

Universitet haqida qisqacha

Universitetning rahbarlar jamoasi umumiy hisobda xalqaro oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimida 50 yildan ortiq tajribaga ega. Ular qatorida Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Germaniya, Rossiya va Xitoy kabi dunyoning o‘nlab mamlakatlaridagi ko‘p asrlik tarixga ega nufuzli oliy ta’lim muassasalari, shuningdek yangi tashkil etilgan yosh universitetlar ham mavjud. Barcha asosiy xodimlarimiz Markaziy Osiyoda katta ish tajribaga hamda O‘zbekiston ilmiy maydonidagi barcha manfaatdor tomonlarning ehtiyojlari va madaniyati to‘g‘risida chuqur tushunchaga egadirlar.

 

Universitet Vasiylik kengashi a’zolari, bizning professorlarimiz va o‘qituvchilarimiz Massachusets texnologiya instituti (QS 2020 reytingi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rin), Garvard universiteti (3-o‘rin), Kembrij universiteti (7-o‘rin), Manchester universiteti (top 50, QS 2020 reytingi bo‘yicha), Moskva davlat universiteti (top 100), Reding universiteti (top 250), Melburn Qirollik texnologiya instituti (top 250), Minnesota shtati universiteti (top 250) kabi dunyoning nufuzli universitetlarida tadqiqot va o‘qituvchilik faoliyati bo‘yicha tajribaga ega. Professorlarimizning har biri o‘zi ixtisoslashgan soha eksperti bo‘lib, o‘z bilim va tajribalarini talabalar va magistrantlarga yetkazib berish ishtiyoqi bilan yonadilar.