Universitetning barcha dasturlari eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradi va ta’lim to’liq ingliz tilida olib boriladi. Talabalarga nafaqat O‘zbekiston Respublikasining davlat diplomini, balki chet ellik hamkor universitetlardan birining xalqaro professional sertifikatlarini va/yoki ikkinchi diplomini olish imkoniyatini beradi.
Barcha dasturlarning asosiy maqsadi talabalarning kasbiy bilimlari va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirib, ular nafaqat O’zbekistonda, balki qo’shni mamlakatlarda ham, xalqaro kompaniyalarda ham yetakchi tarmoqlarda talabgor bolish. Bu bizning bitiruvchilarimizga dunyo bo’ylab intellektual va yuqori maoshli lavozimlarda ishlash imkoniyatini beradi.
Universitetga kirish bilan barcha talabalarimiz birinchi o’quv yilida “Foundation” dasturi bilan o’quv yilini boshlashadi. O’qishning 2-bosqichiga o’tishda talabalar o’qishlarini davom ettirish uchun bakalavr dasturini tanlashlari kerak.
Universitet “Bank ishi va moliya”, “Moliya va investitsiyalar” va “Xalqaro moliya tahlil va hisob” dasturlari bo’yicha Bakalavr darajasini taklif etadi. Bundan tashqari, talabalar “Biznesni boshqarish bakalavri” bo’yicha fundamental bilimlar va boshqaruv ko’nikmalarini olish uchun to’rtta yo’nalishidan birini tanlashlari mumkin: “Loyihalarni boshqarish”, “Xalqaro logistika va savdo”, “Raqamli marketing”, “Turizm va mehmondorchilikni boshqarish”.
“Foundation” dasturi xalqaro va kasbiy malaka darajalarini egallashni o‘z ichiga olgan dasturlarini o‘qitishga osonlik bilan o‘tishga qaratilgan. Ushbu natijaga ingliz tilini yuqori darajada bilish, yozuv va tanqidiy fikrlash bo‘yicha rivojlangan ko‘nikmalar, shuningdek, xalqaro professional imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tish va shu tariqa talabda bo‘lgan diplom va sertifikatlarni olish bilan erishiladi.
“Foundation” dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan talabalar Tugatganligi to’g’risida Sertifikat oladilar. Ushbu hujjat talabalarning akademik va ishbilarmonlar uchun ingliz tili darajasi zaruriy standartlarga yetishganligini, shuningdek Universitetda bakalavr dasturida o‘qishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan asosiy fan ko‘nikmalarini egallaganliklarini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.
“Foundation” dasturi Britaniyaning yetakchi universiteti bilan birgalikda ishlab chiqilgan va o’qish sifati u tomonidan nazorat kilinadi. “Foundation” dasturi Universitetda bakalavriyatning 1 kursi bo’lib hisoblanadi va barcha talabalar uchun majburiydir. Dastur quyidagi tuzilishga ega:
Kuzgi semestr (sentyabr-dekabr):
Intensiv ingliz tili (turli darajalarda)
Biznes uchun IT-ga kirish
Biznesda miqdoriy usullar I
Bahor semestri (yanvar-iyun):
Akademik ingliz tili
Akademik ko’nikmalar
Biznes va menejmentga kirish
Biznesda miqdoriy usullar II YOKI Moliya va biznes uchun matematika