fbpx

Talabalar bilan ishlash bo'yicha menejer


Akida Mirkomilova

Akida Mirkomilova

Talabalar bilan ishlash bo'yicha menejer

Tarjimai xol

Akida Mirkomilova xonim – Toshkentdagi Britaniya Menejment Universitetining talabalar bilan ishlash bo’yicha menejer. Universitetda u talabalar va ularning ota-onalari uchun asosiy aloqa nuqtasidir. Bundan tashqari, u professor-o’qituvchilar jamoasining ishini tashkiliy jihatdan qo’llab-quvvatlaydi va talabalar, o’qituvchilar va Universitet xodimlari o’rtasida ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi. Akida o’quvchilarga o’quv jarayonida yuzaga keladigan har qanday qiyinchiliklarni yengishga yordam berish uchun kerakli ma’lumotlarni, maslahatlarini va yordamlarini berishga doimo tayyor.

 

Akida Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida (MDIST) Tadbirkorlik va menejment bo’yicha bakalavr darajasiga ega. Britaniya Menejment Universiteti jamoasiga qo’shilishidan oldin u AQShning O’zbekistondagi elchixonasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi Axborot-resurs markazida bir yillik amaliyotni o’tagan. Elchixonadagi ishidagi muvaffaqiyati uchun u minnatdorchilik xati bilan taqdirlangan.