fbpx


Kelli Berman, Ph.D.

Kelli Berman, Ph.D.

Iqtisodiy rivojlanish kafedrasi katta o‘qituvchisi
Biznes boshqaruvi fakulteti

Barqaror rivojlanish tadqiqotlari sohasida Ph.D. darajasi

Cambridge universiteti, Buyuk Britaniya

Biografiya

Doktor Kelli Berman faoliyati tabiiy resurslarni boshqarish va bilim tizimlari kesishishiga ixtisoslashgan. Uning tadqiqotlari barqarorlik g’oyalari va tabiatni muhofaza qilish amaliyotini shakllantirishda mintaqaviy rivojlanish tajribasi va yerdan foydalanish tarixining rolini o’rganadi. Qo’shma Shtatlarda qishloq xo’jaligi va chorvachilik sohasida o’n ikki yildan ortiq tajribaga ega bo’lib u faoliyatidagi akademik tadqiqotlarni amaliy tushuncha bilan birlashtiradi.

Doktor Bermansning ilmiy tajriba sohalari yer boshqaruvi institutlari va tizimlarining alohida shakllarini ishga tushirishda mahalliy bilimlarning rolini o’z ichiga oladi. Bilim yaratish jarayonlarini kuzatish uchun asoslarni ishlab chiqqan hamda uning ishi Yevroosiyoda baliqchilik va chorvachilikni boshqarish bo’yicha amaliy tadqiqotlar uchun qo’llanilgan. U Lotin Amerikasidagi tuzilmaviy va suv tizimlari muhandisligi loyihalarida Chegara bilmas muhandislar guruhini boshqarib, turli loyihalarda faol ishtirok etgan.

Doktor Kelli Berman Cambridge universitetida (Buyuk Britaniya) doktorlik dissertatsiyasini oldi hamda Vayoming universitetida (AQSh)  Rivojlanish bo’yicha filologiya magistrlik darjasi, Geologiya, atrof-muhit va tabiiy resurslar va xalqaro tadqiqotlar bo’yicha fan bakalavr darajalarini qo’lga kiritgan.