fbpx

Zafar Gafurov

Matematika O'qituvchisi
Biznes boshqaruvi fakulteti


Iqtisodiyot yo’nalishi bo’yicha Magistr darajasi
Renmin Universtiteti, Xitoy

Biografiya

Janob Zafar Gafurov talabchan va mehnatsevar o’qituvchi, u Xitoyning Pekin shahridagi xalqaro  maktab va institutlarda ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’qitish bo’yicha katta amaliy tajriba  to’plagan. Shuningdek, u “GM Uzbekistan” ta’minot bo’limida, “Zeleniy chay” da marketing bo’yicha yordamchi, Toshkentdagi “Miora Group” korxonasida esa savdo bo’yicha yordamchi sifatida ishlagan. Zafar hozirda o’z biznesini ta’lim sohasida olib bormoqda, u “Z First” o’quv markazining asoschisi.

 

U bilimli, dunyoqarashi keng va juda mohir xodim bo’lib, zamonaviy o’qitish uslubi bilan ajralib turadi. O’quv yili davomida o’z o’quvchilaridan yordamini ayamay ularga qo’shimcha darslar berishga intiladi.

 

Zafar Gafurov Uels Universitetining (Buyuk Britaniya) biznes va marketing bo’yicha bakalavr darajasini tamomlagan va Renmin Universitetida (Xitoy) iqtisodiyot bo’yicha magistrlik darajasini muvaffaqiyatli ravishda tamomlagan.