fbpx


Adham Xudayqulov, Ph.D.

Adham Xudayqulov, Ph.D.

Shtatdan tashqari iqtisodiyot fanlari professori
Biznes boshqaruvi fakulteti

Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti bo’yicha Ph.D.
Kembrij universiteti, Buyuk Britaniya

Tarjimai xol

Janob Adham Xudoyqulov – Kembrij Universitetining  (Buyuk Britaniya) rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ixtisoslashgan iqtisodiy rivojlanish muammolarini tadqiq etish sohasida fan doktori. Iqtisodiy rivojlanish, ilmiy lavozimlar, davlat boshqaruvi sohalarida o‘n ikki yildan ortiq tajribaga ega. Janob Xudayqulovning ilmiy faoliyati Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidagi turli xil: o‘qituvchilik va ma’muriy lavozimlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bitiruvchilarni qabul qilish va bandlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

 

Janob Xudayqulov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi eksperti bo‘lib ishlagan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining muvofiqlashtirish bo‘limini boshqargan. U Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Ilmiy xodimlarning malakasini oshirish orqali ta’lim sifatini boshqarish tizimini rivojlantirish” ilmiy-tadqiqot loyihasida ishtirok etgan va davlat tomonidan moliyalashtirilgan “Parlament nazorati va uni O‘zbekistoтda takomillashtirish yo‘llari” loyihasi a’zosi bo‘lgan.

 

Janob Xudayqulov – Kembrij Universitetining (Buyuk Britaniya) rivojlanish tadqiqotlari bo’yicha fan doktori. Bundan tashqari, u ikkita magistrlik darajasiga ega:
a) Siyosiy tadqiqotlar Milliy institutining(Yaponiya) davlat boshqaruvi magistri va
b) Nottingem universiteti (Buyuk Britaniya) xalqaro munosabatlar magistri.