fbpx


Konrad Ozog

Konrad Ozog

Rektor

Ingliz tili markazi direktori

Biznes aloqalar fanlari professori
Umumiy fanlar fakulteti

Amaliy lingvistika bo’yicha magistr,
Birmingem Universiteti, Buyuk Britaniya

Tarjimai xol

Janob Konrad Ozog – ta’limni boshqarish, strategik aloqalar, reputatsiyani boshqarish va sifat menejmenti sohasida taniqli ekspert sanaladi. U Buyuk Britaniya, Avstraliya, Norvegiya, Singapur, Malayziya va Vetnam kabi turli mamlakatlarning yetakchi xalqaro universitetlarida rahbarlik va o‘qituvchilik lavozimlarida katta tajribaga ega. Janob Ozog Ummon Sultonligi Oliy ta’lim vazirining maslahatchisi hamda yetti mustaqil kollejlarni yagona universitetga birlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan. Shuningdek, u Bruney Xalqaro institutining Boshqaruvchilar kengashini boshqargan va Yaqin Sharq hamda Janubi-Sharqiy Osiyodagi bir qator xalqaro universitetlar uchun maslahatlar bergan.

 

Janob Ozog tilga oid ta’lim, madaniyatlararo aloqalar va ta’limni xalqarolashtirish sohasida ekspert hisoblanadi. U akademik karyerasini vatani bo‘lmish Shotlandiyada ingliz tili tarixini o‘qitishdan boshladi, keyinchalik chet elga ko‘chib o‘tdi va u yerda davlat idoralari va xususiy kompaniyalarga ma’ruzalar o‘qish va maslahatlar berish bilan shug‘ullandi. Janob Ozog, ikki tilli aloqa va tillarni rejalashtirish bo‘yicha bir nechta qo‘llanmalar nashr etgan va Avstraliya Professional Aloqa Institutining a’zosidir.

 

Janob Ozog Stratklayd universitetining (Buyuk Britaniya) iqtisodiyot tarixi bo‘yicha bakalavr darajasiga, Birmingem universitetining magistr darajasi va Edinburg universitetining (Buyuk Britaniya) diplomiga ega.