fbpx


Daniel Lund, Ph.D.

Daniel Lund, Ph.D.

Menejment kafedrasi professori
Biznes boshqaruvi fakulteti

Tashkiliy menejment sohasida Ph.D. darajasi

Griffit universiteti, Avstraliya

Biografiya

Professor Daniel Lund jahon oliy ta’lim yetakchiligida katta tajribaga ega. Xitoy, Saudiya Arabistoni, Solomon orollari va Pokistonda biznes maktabi dekani lavozimida ishlagan. Shuningdek, u Meksika, Qozog‘iston, Avstraliya va Xitoyning yetakchi universitetlarida professor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan. Professor Lundning ta’lim va tadqiqotlari tashkilot samaradorligi, boshqaruv va yetakchilik samaradorligi, tashkilotlarga ta’sir qiluvchi strategik va insoniy omillar bilan bog’liq. U biznes ta’limida aniq va kerakli natijalarga qaratilgan amaliy yondashuvni qo’llaydi, Professor Lund butun dunyo boʻylab “Boshqaruv ta’limi” boʻyicha oʻquv kurslarini oʻtkazdi va asosiy eʼtiborni samarali yetakchilik, jamoani shakllantirish, ijodiy gʻoyalar yaratish, shaxsiyat taʼsiri va madaniyatlar oʻrtasidagi muzokaralarga qaratdi.

 

Professor Lund ko’plab hukumat, korporativ va xayriya kengashlarida maslahatchi bo’lgan va turli sohalarda keng konsalting portfolioga ega. U MITning Sloan Menejment maktabi xalqaro fakultet stipendianti va hozirda Jons Xopkins universitetida (AQSh) ta’lim yetakchiligi bo‘yicha fan doktorligi (EdD) ustida ishlamoqda. Akademiyadan oldin professor Lund Shimoliy Amerikaning tog‘-kon sanoati, musiqa, kino va televideniye sanoatida turli texnik, ijodiy va boshqaruv lavozimlarida ishlagan.

 

Professor Lund Griffit universitetida (Avstraliya) menejment bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini oldi, York universiteti (Kanada) qoshidagi Schulich biznes maktabida MBA darajasini va Viktoriya universitetida (Kanada) falsafa va ingliz adabiyoti bo‘yicha bakalavr darajasini qo’lga kiritgan.