fbpx

O‘qituvchi
Ingliz tili markazi


Ella Maksakova

Ella Maksakova

O‘qituvchi
Ingliz tili markazi

Tarjimai xol

Ella Maksakova xonim Toshkent shahrida tug’ilgan. U 2001-yilda ingliz filologiyasi bo’yicha bakalavr darajasini Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetida olgan. Shundan buyon u USAID Foundation, Norvegiya Consulting kompaniyalari, tadbirkorlik, ta’lim, gumanitar kabi sohalarga oid turli xil xalqaro loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. Maksakova xonim ingliz tilini chet tili sifatida o’qitish bo’yicha katta tajribaga ega. U boshlang’ich maktab yoshidan boshlab abituriyentlarga qadar turli yoshdagi va turli darajadagi talabalarga ingliz tilini o’rgatgan, O’zbekiston Badiiy akademiyasi dizaynerlari va rassomlari uchun ingliz tili kurs dasturini ishlab chiqqan.

2020-yilda Ella Toshkent shahridagi Webster Universitetida ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’qitish bo’yicha magistrlik darajasini, shuningdek Webster Universitetida ingliz tilini chet tili sifatida o’qitish sertifikatini oldi. Uning kasbiy tajribasi Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar Universitetida 1- va 2- kurs talabalariga Akademik Ingliz tilini o’qitishni o’z ichiga oladi. Qolaversa, u shu yilning avgust oyida O’zbekiston O’qituvchilar Jamoasiga bir qator onlayn vebinarlar o’tkazishga o’qituvchi-trener sifatida taklif etildi.

 

Ella Maksakova Toshkentdagi Buyuk Britaniya Menejment universitetida o’z faoliyatini Toshkent davlat Pedagogika Universitetining ingliz filologiyasi bakalavri va Webster Universitetining ingliz tilini chet tili sifatida o’qitish magistrlik darajasi bilan boshladi.