fbpx

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari

Moliya professori
Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti


Golib Kholjigitov

Golib Kholjigitov

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari

Moliya professori
Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti

Davlat boshqaruvi magistri (MPA)
Garvard universiteti, AQSh

Tarjimai hol

Janob Xoljigitov korporativ, davlat va oliy ta’lim sektorda katta tajribaga ega.
U qariyb yigirma yil davomida turli mamlakatlarda loyihalarni moliyalashtirish, davlat-xususiy sherikchilik hamkorligi, moliyaviy texnik yechimlar, kapitalni boshqarish va bank sohasida o‘z bilim va tajribasini chuqurlashtirdi. Ilgari u Nyu-Yorkdagi Bank of America Merrill Lynch va Union Bank of Switzerland (UBS) kompaniyalari loyihalari menejeri, shuningdek, “KazMunayGaz” AJ MKda (Qozog’iston) strategiya bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlagan. Hozirda Janob Xoljigitov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari va Davlat-xususiy sherikchilik agentligi (DXSh) rahbaridir.

 

Xoljigitov ilgari Olmaotadagi (Qozog’iston) Qozoq-Britaniya Texnika Universitetida (QBTU) moliya fani o’qituvchisi bo‘lib ishlagan va shu bilan birga Biznes Maktabining dekan muovini sifatida ham faoliyat yuritgan. QBTUdagi ish faoliyati davomida u turli xalqaro tadbirlar orqali universitetni yangi bosqichga olib chiqishda muhim rol o‘ynadi. Moliyaviy o‘quv dasturi to‘liq qayta ishlanib, Sertifikatlangan moliya analitiklarlar instituti (CFA Institute) talabiga moslashtirishga muvaffaq bo‘lindi. Yangidan ishlab chiqilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan moliya bo‘yicha magistrlik dasturi QBTU Biznes maktabining ACBSP- biznes maktablari va biznes dasturlarini akkreditatsiyadan o’tkazish Kengashining (AQSh) nufuzli xalqaro akkreditatsiyasiga ega bo‘lishiga yordam berdi. U O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat komissiyasi qoshidagi Davlat protseduralarini takomillashtirish markazi direktori sifatida olti yil davomida iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarni nazorat qilib bordi.

 

Janob Xoljigitov Shimoliy Arizona universitetining (AQSh) Biznes boshqaruvi bakalavri darajasini, so‘ngra Garvard universitetining (AQSh), Jon Kennedi nomidagi Davlat boshqaruvi fakultetining Davlat boshqaruv magistri (MPA) darajalarini olgan.