fbpx

Katta o‘qituvchi

Ingliz tili markazi


Xeydi Uy

Xaydi Uy

Katta o‘qituvchi

Ingliz tili markazi

Tarjimai xol

Xaydi Uy xonim yuqori malakali ingliz tili o‘qituvchisi va jamoat oldida ma’ruzalar (notiqlik) bo‘yicha yigirma yillik ish tajribasiga egadir. U barcha yoshdagi talabalarga – maktab o‘quvchilaridan tortib, katta yoshli professionallargacha dunyoning ko’plab mamlakatlarida, jumladan Yaponiya, Koreya, Xitoy, Kambodja va Filippinda ingliz tilidan saboq bergan. Uy xonim a’lo darajadagi o‘qituvchisi bo‘lishdan tashqari, har qanday maqsadga va ingliz tili ko‘nikmalari turli darajasiga mos o‘quv materiallarini ishlab chiqishda katta tajribaga ega. Xaydining o‘qituvchilik portfoliosi keng turdadi kurslarni o‘z ichiga oladi, jumladan, jamoat oldida ma’ruza qilish (notiqlik), ishbilarmonlar uchun ingliz tili, kompleks ko‘nikmalar, ingliz tilini intensiv o‘rganish, IELTS / TOEFLga tayyorgarlik va boshqalar shular jumlasidandir.

 

Uy xonim o‘zining biznes-ingliz tili darslariga noyob nuqtai nazar bilan yondashadi, bu uning bank sektorida, sug‘urta, neft-gaz va qurilish sohalaridagi korporativ boshqaruv tajribasiga asoslanadi. Xaydi talabalariga yuqori marralar qo‘yadi va ulardan astoydil mehnat qilishni talab qiladi, o‘z navbatida, ular bilan o‘zining xarizmasi, energiyasi va individual yondashuvini baham ko‘radi, shu tariqa muvaffaqiyatga yo‘naltirilgan interfaol o‘quv muhitini yaratadi.

 

Uy xonim savdo va biznes boshqaruvi bo‘yicha bakalavr darajasi va TESOL sertifikatiga (boshqa tillarda so‘zlashuvchilarga ingliz tilini o‘rgatish) va Kembrij universitetidan CELTA ga ega