fbpx

Katta o‘qituvchi

Ingliz tili markazi


Jon Mayer

Jon Mayer

Katta o‘qituvchi

Ingliz tili markazi

Tarjimai xol

Janob Jon Mayer iste’dodli va tajribali ingliz tili, madaniyatlararo aloqa va tarix o‘qituvchisidir. U akademik faoliyatini 1991-yilda AQShning Tennessi shtatidagi boshlang‘ich va o‘rta maktablarda o‘qituvchilikdan boshlagan. Xalqaro tajribasini rivojlantirish uchun Jon Janubi-Sharqiy Osiyoga ko‘chib o‘tdi va u yerda Kambodja xalqaro akademiyasining tarix va ijtimoiy tadqiqotlar bo’limi boshlig‘i lavozimini egalladi va shu bilan birga qo‘shimcha sifatida mahalliy basketbol jamoasining murabbiyi bo‘lib ishlay boshladi. Akademiyada ishlash jarayonida janob Mayer fakultetning keng qamrovli o‘quv dasturini ishlab chiqishda va akademiyani G‘arbiy universitetlar va Kollejlar assotsiatsiyasi (WASC) akkreditatsiyasiga tayyorlashda muhim rol o‘ynadi.

 

Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng janob Mayer ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha xususiy markaz ochdi va u yerda bir necha yil davomida direktor va katta o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritdi. Keyin u Kambodjaning eng yaxshi biznes universiteti, CamEd Business Schoolga ingliz tili o‘qituvchisi va talabalar tadqiqot loyihalari kuratori sifatida ishga qabul qilindi. O‘qituvchilik karyerasidan oldin, janob Mayer 10 yil davomida AQSh harbiy-dengiz flotida fotosuratchi bo‘lib ishlagan, shuningdek bir nechta ko‘ngillilar (valontyorlar) tashkilotlarida rahbarlik vazifalarida ishlagan.

 

Janob Mayer aloqa sohasi bo’yicha bakalavr va pedagogika bo’yicha magistr darajasi hamda AQShning davlat va xususiy maktablarida dars berish litsenziyasiga ega.