Axborot menejmenti sohasida Ph.D.
Tvente universiteti, Niderlandiya
Professor Keching Lyuning Buyuk Britaniya, Xitoy va Yevropa mamlakatlarida ilmiy va yetakchilik sohasidagi tajribasi qariyb o‘ttiz yilni qamrab oladi. U Reding Universitetining Xenli biznes maktabida amaliy informatika kafedrasi mudiri va shtatdagi professor bo‘lib ishlaydi. Janob Lyu Biznes- Informatika, Axborot tizimlari va buxgalteriya hisobi institutining asoschisi va Informatika tadqiqot markazining faxriy direktoridir. Professor Lyu shuningdek, Britaniya Kompyuter jamiyatining, Davlat boshqaruv instituti va Oliy Ta’lim akademiyasining haqiqiy a’zosi sanaladi.
Kecheng Lyu, 13 000 talaba tahsil oladigan Uxan kolleji (Wuhan College) rektori va texnik direktori vazifasida ishlagan. Ushbu Oliy ta’lim muassasasi WeChat kompaniyasiga egalik qiluvchi Tencent kompaniyasi hammuassisi Chen Yidan tomonidan moliyalashtiriladi.Professor Lyu oliy ta’lim sohasida ko‘plab rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Universitet Senati a’zosi, institut direktori, magistratura ilmiy dasturlari va Ph.D. dasturlari direktori lavozimlarida ishlagan.
Ushbu dunyoga mashhur olim rahbarligi ostida o‘nlab Ph.D. talabalar tashkiliy semiotika va biznes informatikasi bo’yicha ilmiy darajalarga ega bo’lishdi. Kecheng Lyu ko‘plab dastur va kurslarning yetakchisi, pedagogi va rahbari, muvaffaqiyatli me’mordir. U biznes informatikasi, axborot menejmenti va IT tizimlari, raqamli strategiya, yetakchilik va boshqa bakalavr, magistratura darajasidagi, shuningdek Ph.D. va Executive MBA darajasidagi kurslarni ham o‘qitgan.
Professor Lyu taniqli tadqiqotchi va xalqaro miqyosda mashhur ekspertdir. U Xitoyning bir nechta universitetlarida (Xitoy Xalq universiteti, Pekin Texnologiya instituti, Shanxay moliya va iqtisodiyot universiteti, Pekin Tsyaotun universiteti) taklif qilingan professor sifatida ishlash sharafiga sazovor bo‘lgan. Uning ilmiy izlanishlari va nashrlari tashkiliy semiotika, raqamli strategiya va arxitektura, korporativ axborot tizimlari, biznes va aqlli texnologiyalar va tizimlar, keng tarqalgan informatika va aqlli makonlar o’rtasidagi samarali aloqani loyihalashtirishga bag’ishlangan.

Professor Lyu doktorlik dissertatsiyasini (Ph.D.) Axborot menejmenti sohasida Tvente Universitetida (Niderlandiya) himoya qilgan.