fbpx

Katta o‘qituvchi

Ingliz tili markazi


Ketrin Rik

Ketrin Rik

Ingliz tili katta o'qituvchisi
Umumiy ta'lim fakulteti

M.A. Amaliy tilshunoslik
Melburn universiteti, Avstraliya

Tarjimai xol

Ketrin Rik xonim Avstraliyaning poytaxti Kanberra shahridan bo‘ladi. U ishbilarmonlar uchun ingliz tili va akademik yozish bo‘yicha 12 yildan ortiq o‘qituvchilik, undan tashqari Avstraliya, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yaqin Sharq mamlakatlarining turli universitetlarida til dasturlarini boshqarish bo‘yicha ham ish tajribasiga ega. Oxirgi vaqtlarda Ketrin xususiy tashkilotlarda faoliyat yuritdi, u yerda ta’lim sifati menejmenti tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish, ingliz tili kurslarini loyihalash, o‘qituvchilar malakasini oshirish va ingliz tilini o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan.

 

Rik xonimning professional intilishlari ta’lim yetakchiligi, aralash ta’lim, o‘quv dasturlarini baholash, o‘qituvchi xodimlarni kasbiy rivojlantirish va ingliz tilini chet  tili sifatida o‘qitishga qaratilgan. 2015 – yilda u aralash ta’lim bo‘yicha kitobning hammuallifi bo‘ldi. “Aralash til dasturlarini baholash”, deb nomlangan ish Palgrave Macmillan xalqaro nashriyoti tomonidan chop etildi. Rik xonim talabalarning ehtiyojlariga moslashtirilgan innovatsion o‘quv dasturlarini  professional tarzda yaratadi va o‘zi ham ingliz tilini o‘qitishni juda yaxshi ko‘radi.

 

Ketrin Rik xonim Melburn universitetida olgan  TESOL (ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish) ixtisosligi bo‘yicha amaliy lingvistika  magistrlik darajasi bilan Toshkentdagi Britaniya menejment universitetida ish faoliyatini boshlaydi. U bundan tashqari, Kanberra universitetida olgan amaliy lingvistika  va yapon tili ixtisosligi bo‘yicha hozirgi  zamon  tillari bakalavi darajasiga, shuningdek, Kembrij universitetining CELTA (kattalar uchun ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish)  professional sertifikatiga ham ega.