fbpx

Katta o‘qituvchi

Ingliz tili markazi


Marie Harbon-Gruchelska

Marie Harbon-Gruchelska

Katta o‘qituvchi
Ingliz tili markazi


Tarjimai xol

Mari Xarbon-Gruchelska xonim Buyuk Britaniyaning Nottingem shahridan, o’sha mashhur Robin Gud va nafis naqshli matoshunoslik sanoati rivojlangan shahardan. U 15 yillik oʻqituvchilik tajribasiga ega bo’lib, jumladan, Buyuk Britaniyada qoʻshimcha taʼlim dasturlari va Chexiya, Slovakiya, Ispaniya, Bolgariya, Polsha va Rossiya Federatsiyasi kabi Yevropa mamlakatlarida ingliz tilidan dars berib kelgan. U umumiy fanlar, biznes va ingliz tili fanlaridan yosh o’quvchilarga ham, kattalarga ham dars bergan, hamda boshlang’ich sinflar uchun o’quv dasturlari va baholash metodikalarni ishlab chiqqan. Shuningdek, u o’qituvchilar uchun seminarlarga rahbarlik ham qilgan.

 

Mari xonim Web 2.0 va boshqa texnik dasturlar asosida til oʻrganish, loyiha asosida oʻrganish, oʻquv dasturi va baholash metodologiyalarni ishlab chiqishga qiziqadi. Shuningdek, u ingliz tilining chet tili sifatida turli jihatlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishga qiziqadi.

 

Xarbon-Gruchelska xonim Toshkentdagi Britaniya menejment universitetiga TESOL va amaliy tilshunoslik boʻyicha aspirantura diplomi, DELTA 1-modul, taʼlim boʻyicha aspirantura sertifikati, Trinity certTESOL va sport tadqiqotlari boʻyicha bakalavriat diploma kabi malaka va ko’nikmalari bilan ishga kelgan.