fbpx

Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor


Yuriy Loktionov, Ph.D.

Yuriy Loktionov, Ph.D.

Prorektor - Akademik faoliyat bo‘yicha

Moliya professori
Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti

Menejment sohasida Ph.D.
Massachusets texnologiya instituti, AQSh

Tarjimai xol

Doktor Yuriy Loktionov AQSh, Xitoy, Rossiya va Qozog’istondagi ish faoliyati davomida moliya menejmenti va xalqaro konsalting tizimi, universitetlar boshqaruvi kesishmasida noyob tajriba va bilimlarga ega. U butun jahon bo‘yicha universitetlarning xalqaro reytingini oshirish va akkreditatsiyasi bo‘yicha bir qator muvaffaqiyatli loyihalarni boshqargan. Bunday tashkilotlar qatoriga biznes maktablari va dasturlarini akkreditatsiya qilish kengashi, Sertifikatlangan moliya analitiklari instituti, Garvard universiteti Raqobatbardoshlik mikroiqtisodiyoti markazi va boshqalar kiradi. Doktor Loktionov Qozog‘iston – Britaniya texnika universiteti (Qozog‘iston) prorektori vazifasida ishlagan va u yerda barcha ijtimoiy fanlarni nazorat qilgan hamda xalqaro faoliyat uchun mas’ul bo‘lgan.

 

Doktor Loktionovning akademik karyerasi Qozog‘iston-Britaniya texnika universitetida (Qozog‘iston) moliya professori, Pekin Xalqaro munosabatlar universitetida (Xitoy) taklif etilgan professor, Janubiy Kaliforniya universitetining (AQSh) dotsenti kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Uning ilmiy izlanishlari moliyaviy hisobot tahlili, biznesni baholash va investitsiya xatarlarni(riskini) baholashni o‘z ichiga oladi. Doktor Loktionov moliya va buxgalteriya hisobi, shu jumladan moliyaviy hisobotlar tahlili, korporativ baholash, xalqaro moliya va kapital boshqaruvi fanlari o’qituvchisi bo’lgan.

 

Doktor Loktionov Massachusets texnologiya instituti Sloun menejment maktabida(AQSh) Falsafa doktori darajasini(Ph.D.), Boston Kollejida (AQSh) moliya magistri darajasi va Uilyam Juel Kollejida (AQSh) bakalavr darajasini olgan. U Diplomli Moliya Tahlilchisi (CFA) sertifikatiga ega.