Apply Now!
Karyerani Rivojlantirish Markazi
Karyerani Rivojlantirish Markazi

BMU Karyera rivojlantirish markazi talabalarni karyera yo‘lida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Markaz yo‘nalish tanlash, mutaxassislikni belgilash, karyerani rejalashtirish hamda ish qidirish strategiyalarini ishlab chiqish kabi xizmatlarni taqdim etib, ishonchli yordam tizimini yaratadi. Karyera yarmarkalari, kampusdagi rekruting tadbirlari va Handshake platformasi orqali markaz talabalar, bitiruvchilar, alumni hamda ish beruvchilar o‘rtasida mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Shu bois markaz kampusdagi professional rivojlanish va networking uchun asosiy manbalardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, Karyera rivojlantirish markazi talabalar va alumni uchun uzoq muddatli karyerani boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi, ish izlovchilar va ish beruvchilar o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantiradi hamda universitet professor-o‘qituvchilari uchun karyerani rejalashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma va resurs vazifasini bajaradi.

Karyera rivojlantirish markazining ish vaqti:
Dushanba - Juma: 9:00 - 17:00

Asosiy xizmatlar:
Asosiy xizmatlar:
  • Karyera bo‘yicha konsultatsiyalar
  • Malaka oshirishga qaratilgan seminarlar
  • Amaliyot, stajirovka va ish topishda ko‘mak
  • Professional rivojlanish uchun resurslar
  • Notiqlik va omma oldida nutq so‘zlash bo‘yicha treninglar
  • Ta’sirchan rezyume va motivatsion (cover) xat tayyorlash
  • Ishga kirish bo‘yicha intervyu savollariga tayyorgarlik va javoblar
  • Time management: hayot sifati va samaradorlikni oshirish
  • Business etiquette: o‘zingizni professional muhitda ishonch bilan namoyish etish
  • Turli mutaxassisliklar uchun karyera imkoniyatlarini o‘rganish
  • Karyera tarmoqlarini (networking) yaratish va ulardan samarali foydalanish
  • Ish qidirish strategiyalari
  • LinkedIn platformasidan karyera muvaffaqiyati uchun foydalanis
Qo'shimcha ma'lumot
Qo'shimcha ma'lumot

Karyera masalalari bo‘yicha individual konsultatsiya
Karyera bo‘yicha maslahatchi bilan o‘zingizga qulay shaklda: oflayn, onlayn (virtual) yoki telefon orqali uchrashuvga yozilish uchun BMU Karyera rivojlantirish markaziga tashrif buyuring yoki quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling +998 77 370 75 17

Qabul soatlari (Drop-in Hours)
Karyeraga oid savollaringizga tezkor javob olish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tmasdan markazga kelishingiz mumkin. Ushbu xizmat kuzgi va bahorgi semestrlarda dars jarayonlari davomida amal qiladi. Dushanba - Juma, 11:00 - 14:00A106 xona.

Karyeraga oid so‘nggi imkoniyatlar va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib, markaz faoliyati, tadbirlar va vakansiyalar haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling.