Universitet tayyorlov, bakalavriat va magistratura bosqichidagi talabalarga moliyaviy yordamning turli shakllarini taklif etadi.
| Grant / Stipendiya turi | Davomiylik | Qabul darajasi | Dastur doirasi | Kvota (agar mavjud bo'lsa) | Asosiy akademik talablar | Ingliz tili bo'yicha talablar | Matematika bo'yicha talablar |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Vazirlik tomonidan moliyalashtiriladigan grant | 100% to'lov (4 yil) | 1-kursga qabul | Har qanday dasturlar (davlat taqsimoti bo'yicha) | Har yili Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi | Davlat test markazi imtihonlariga muvofiq | - | - |
| BMU ijtimoiy granti | 100% to'lov (4 yil) | 1-kursga qabul | Barcha dasturlar | 20 taga qadar talabalar | Suhbat | IELTS ≥ 6.5 (har bir bo‘limdan kamida 6.0) yoki APTIS Esol Advanced C1 | Ichki imtihon ≥ 300 dan 271 yoki SAT Math ≥ 650 |
| Dastur uchun maxsus grant | 100% to'lov (4 yil) | 1-kursga qabul | BSc Management Information Systems (MIS) | Faqat 10 taga qadar talabalar | Ichki yozma imtihon ≥ 100% dan 80% | IELTS ≥ 7.0 | SAT Math ≥ 750 |
| BMU akademik granti | 50% to'lov (4 yil) | 1-kursga qabul | Hamma dasturlar (kvota asosida) | 100 taga qadar talabalar | - | IELTS ≥ 7.0 (har bir bo‘limdan kamida 6.0) yoki yoki APTIS Esol Advanced C2 | Ichki imtihon ≥ 300 dan 271 yoki SAT Math ≥ 650 |
| To'g'ridan-to'g'ri qabul uchun akademik grant (Direct Enrty) | 50% to'lov (3 yil) | 2-kursga qabul | Hamma dasturlar | 20 taga qadar talabalar | - | IELTS ≥ 7.5 (har bir bo‘limdan kamida 6.5) yoki APTIS Esol Advanced C2 | Ichki imtihon ≥ 300 dan 271 yoki SAT Math ≥ 650 |
| BMU akademik granti | 20% to'lov (4 yil) | 1-kursga qabul | Hamma dasturlar | - | - | IELTS ≥ 6.0 (5.5 ikki bo'limdan ko'p bo'lmagan) yoki APTIS Esol Advanced C1 | - |
| Akademik oltin stipendiya | 1 000 000 UZS / oy | Bakalavr (2-kursdan boshlab) | Hamma dasturlar | GPA Natijalarga asoslangan | Avvalgi yilning o'rtacha GPA balli = 4.0 | - | - |
| Akademik kumush stipendiya | 500 000 UZS / oy | Bakalavr (2-kursdan boshlab) | Hamma dasturlar | GPA Natijalarga asoslangan | Avvalgi yilning o'rtacha GPA balli ≥ 3.75 | - | - |
Davlat granti (100%)
Davlat stipendiyasiga milliy talablar bo'yicha maxsus qoidalar tatbiq etiladi:
Tashqi boshqaruv: Ushbu grant faqat O'zbekiston Respublikasi Davlat test markazi orqali boshqariladi.
Ariza berish tartibi: Qiziquvchi nomzodlar arizalarini Universitet ichki portali orqali emas, balki rasmiy davlat tizimi orqali topshirishlari lozim.
Tanlov: BMU talabalarni Vazirlik tomonidan taqdim etilgan rasmiy ro'yxatlar asosida qat'iy ravishda qabul qiladi; Universitet ushbu grant bo'yicha mustaqil baholash, reyting yoki tanlov o'tkazmaydi.