
BMUning tayyorlov dasturi Reading Universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo'lib, u talabalarni ingliz tilida o'qitiladigan xalqaro universitet muhitida muvaffaqiyatli o'qishga tayyorlaydigan xalqaro universitet tayyorlov dasturi standartlariga javob berishini ta'minlaydi.
Reading universiteti 1892 yilda tashkil etilgan bo'lib, tadqiqot va ta'lim sohasida Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari qatoriga kiradi hamda Times Higher Education reytingida Buyuk Britaniyaning eng yaxshi 30 ta universiteti ichida joylashgan. Uning Global Akademiyasi xalqaro talabalarning universitetda o'qishda muvaffaqiyat qozonishini qo'llab-quvvatlash bo'yicha mutaxassislik markazidir.
Ikki universitet o'rtasidagi hamkorlik muassasalar o'rtasidagi muntazam tashriflar orqali saqlanib turadi, bu esa o'qituvchilarga g'oyalar almashish va tajriba baham ko'rish imkonini beradi. Muntazam sifat nazorati tadbirlari BMU dasturining eng yuqori akademik standartlarni saqlashini va talabalarimizning ehtiyojlarini qondirishini ta'minlaydi. Har yili Reading universitetining vakili BMUga tashrif buyurib, Foundation dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarni qo'shma yakunlovchi sertifikatlar bilan taqdirlaydi.
Ko'pchilik talabalar BMUda o'qishni davom ettirsa-da, bu sertifikatlar xalqaro miqyosda tan olingan bo'lib, talabalarga chet elda turli bakalavriat dasturlariga kirish imkonini beradi. Shunday qilib, Reading universitetining BMUning Foundation Awardini tan olishi talabalarimizga juda qimmatli imkoniyatlar yaratadi va bu biz faxrlanadigan sifat belgisi hisoblanadi.
Reading universitetining rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring