Apply Now!

Umumiy talablar

  • BMU Foundation dasturini yoki Universitet tomonidan tan olingan tengdosh xalqaro Foundation dasturini muvaffaqiyatli tamomlash
  • O'zbekiston yoki chet eldagi tan olingan oliy ta'lim muassasasida bakalavriat dasturining birinchi yilini muvaffaqiyatli tamomlash
  • Xalqaro miqyosda tan olingan o'quv dasturi bo'yicha kamida o'n ikki (12) yillik o'rta ta'limni tamomlash
  • Buyuk Britaniyada bakalavriat dasturiga kirish huquqini beruvchi boshqa har qanday tengdosh malaka (masalan, Xalqaro Bakalavriat) Yoshga oid talab: Arizachilar ro'yxatdan o'tish yilining 31-`dekabriga qadar kamida o'n yetti (17) yoshda bo'lishlari kerak.

 

Ingliz tili bo'yicha talab

  • Umumiy IELTS balli 6.0 va har bir alohida bo'lim bo'yicha kamida 5.5, yoki Aptis ESOL: Advanced darajasi (minimal C1+) bo'yicha teng ball.
  • GCSE imtihonida Ingliz tili bo'yicha C yoki undan yuqori baho bilan o'rta ta'limni ingliz tilida tamomlagan yoki unga tenglashtirilgan diplomga ega bo'lish
  • Tan olingan xalqaro tayyorlov dasturini muvaffaqiyatli tamomlab, Akademik ingliz tili modulidan o'tgan bo'lish
  • Stipendiya eslatmasi: IELTS 7.5 yoki undan yuqori (har bir bo'lim 6.5 dan past bo'lmasligi kerak) ballga ega arizachilar 50% o'qish to'lovi stipendiyasiga ko'rib chiqilishi mumkin

 

Matematika bo'yicha malaka talabi

GCSE imtihonidan Matematikada (C/4 yoki undan yuqori baho) yoki unga tenglashtirilgan malaka Yuqoridagilarga qo'shimcha ravishda, arizachilar quyidagilardan birini ham taqdim etishlari kerak:

  • BMU Foundation dasturidagi Quantitative Methods I (QM I) modulidan muvaffaqiyatli o'tish
  • BMU Matematika kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o'tish
  • Universitet tomonidan belgilangan mezon darajasidagi SAT Matematika balli

 

To'g'ridan-to'g'ri qabul (2-kurs)

Malakali talabalarga tayyorlov yilini o'tkazib, to'g'ridan-to'g'ri bakalavriat bosqichidan boshlash imkonini beradi.

  • 12 yildan ortiq xalqaro o'rta ta'lim yoki boshqa tan olingan universitetning 1-kursini muvaffaqiyatli tamomlagan bo'lishni talab qiladi
  • Minimal IELTS 6.0 (har bir bo'lim 5.5 dan past bo'lmasligi kerak) yoki unga tengdosh (Aptis ESOL Advanced C1+) va Matematikadan yetarlicha bilim talabini bajarishni talab qiladi
  • Oldingi universitet o'qishi va muqobil malakalar Qabul komissiyasi tomonidan rasmiy akademik varaqalar asosida alohida ko'rib chiqiladi.

 

Talab qilinadigan hujjatlar

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar: Amaldagi pasport, ID-karta yoki tug'ilganlik guvohnomasi
  • Raqamli foto: O'lchami 3 × 4 sm, rangli, pasport uslubida, old tomondan, oddiy yorug' fon ustida (JPEG yoki PNG)
  • Akademik hujjatlar: Oldingi ta'lim sertifikatlari va baho varaqalari nusxalari (International Foundation, International Baccalaureate, universitet baho varaqalari, A-levels yoki 12 yillik ta'limni tasdiqlovchi hujjatlar)
  • Ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat: Amaldagi IELTS sertifikati yoki ma'qullangan tengdosh hujjat (Eslatma: bakalavriatga qabul uchun ichki ingliz tili imtihonlari qabul qilinmaydi)

 

O'qish to'lovlari

Yo'nalish / Kurs

Narxi

Grant 20%

Grant 50%

BMU Foundation

40 000 000 UZS

32 000 000 UZS

20 000 000 UZS

Bakalavr Dasturi

40 000 000 UZS

32 000 000 UZS

20 000 000 UZS

Xalqaro Talabalar

42 000 000 UZS

 

 

Quyidagi grantlar mavjud:

Grant / Stipendiya turi Davomiylik Qabul darajasi Dastur doirasi Kvota (agar mavjud bo'lsa) Asosiy akademik talablar Ingliz tili bo'yicha talablar Matematika bo'yicha talablar
Vazirlik tomonidan moliyalashtiriladigan grant 100% to'lov (4 yil) 1-kursga qabul Har qanday dasturlar (davlat taqsimoti bo'yicha) Har yili Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi Davlat test markazi imtihonlariga muvofiq - -
BMU ijtimoiy granti 100% to'lov (4 yil) 1-kursga qabul Barcha dasturlar 20 taga qadar talabalar Suhbat IELTS ≥ 6.5 (har bir bo‘limdan kamida 6.0) yoki APTIS Esol Advanced C1 Ichki imtihon ≥ 300 dan 271 yoki SAT Math ≥ 650
Dastur uchun maxsus grant 100% to'lov (4 yil) 1-kursga qabul BSc Management Information Systems (MIS) Faqat 10 taga qadar talabalar Ichki yozma imtihon ≥ 100% dan 80% IELTS ≥ 7.0 SAT Math ≥ 750
BMU akademik granti 50% to'lov (4 yil) 1-kursga qabul Hamma dasturlar (kvota asosida) 100 taga qadar talabalar - IELTS ≥ 7.0 (har bir bo‘limdan kamida 6.0) yoki yoki APTIS Esol Advanced C2 Ichki imtihon ≥ 300 dan 271 yoki SAT Math ≥ 650
To'g'ridan-to'g'ri qabul uchun akademik grant (Direct Enrty) 50% to'lov (3 yil) 2-kursga qabul Hamma dasturlar 20 taga qadar talabalar - IELTS ≥ 7.5 (har bir bo‘limdan kamida 6.5) yoki APTIS Esol Advanced  C2 Ichki imtihon ≥ 300 dan 271 yoki SAT Math ≥ 650
BMU akademik granti 20% to'lov (4 yil) 1-kursga qabul Hamma dasturlar - - IELTS ≥ 6.0 (5.5 ikki bo'limdan ko'p bo'lmagan) yoki APTIS Esol Advanced  C1 -
Akademik oltin stipendiya 1 000 000 UZS / oy Bakalavr (2-kursdan boshlab) Hamma dasturlar GPA Natijalarga asoslangan Avvalgi yilning o'rtacha GPA balli = 4.0 - -
Akademik kumush stipendiya 500 000 UZS / oy Bakalavr (2-kursdan boshlab) Hamma dasturlar GPA Natijalarga asoslangan Avvalgi yilning o'rtacha GPA balli ≥ 3.75 - -