Apply Now!

24.04.2026

 

Kavendish Laboratoriyasi va Toshkentdagi Britaniya Menejment Universiteti (BMU) 2026-yil 17-aprelda BMU-Cavendish Taraqqiyot Tashabbusini yaratish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.

 

Ushbu kelishuv Oʻzbekistondagi yetakchi xususiy universitet va Kembrij universitetiningKavendish laboratoriyasi kabi dunyoga yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi oʻrtasida akademikhamkorlik uchun yangi asos yaratish boʻyicha kashshof tashabbusni boshlab beradi. Bu Kembrijuniversiteti va Oʻzbekistondagi universitet oʻrtasidagi birinchi rasmiy kelishuvdir.

 

Ushbu hamkorlik talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi uchun yangi yoʻnalishlar yaratish, sunʼiy intellekt uchun materiallar, sogʻliqni saqlash va barqaror kelajak kabi sohalarda qoʻshma tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek, taʼlim va salohiyatni oshirish tashabbuslari imkoniyatlarini oʻrganish uchun muhim qadamdir.

 

BMU rektori, universitet boshqaruvi va xalqaro hamkorlik boʻyicha ekspert professor Yuriy Loktionov shunday dedi:

“BMUning jadal rivojlanayotgan, xalqaro yoʻnalishga ega akademik muhitini Kembrijning ilmiy yetakchilik va global taʼsir anʼanalari bilan uygʻunlashtirar ekan, ushbu bitim Markaziy Osiyoda oliy taʼlim uchun tub burilish yasaydi hamda Buyuk Britaniya institutlari va ularning Oʻzbekistondagi hamkorlari oʻrtasidagi kelgusidagi sherikliklar uchun namunaga aylanadi.”

 

Kavendish laboratoriyasi rahbari professor Mete Atatüre shunday dedi: 

“Ushbu shartnoma biz Oʻzbekiston taʼlim sohasi mutaxassislari va olimlari bilan koʻp yillar davomida oʻrnatib kelayotgan munosabatlarni rasmiylashtiradi. Bu aloqa asosan bizning hamkasbimiz, professor Siddharth S. Saxena tufaylidir, uning ilmiy faoliyati Kavendish laboratoriyasi va Markaziy Osiyoni bogʻlaydi.”

 

Professor Saxena taʼbiri bilan aytganda:

“Oʻzbekiston algoritm va algebra ildizlari bilan chambarchas bogʻliq. Bu meros Kavendish Laboratoriyasining ilmiy kashfiyotlarga boy uzoq tarixiy anʼanalari bilan uygʻunlashganda, sunʼiy intellekt va kelajak materiallari kabi barcha zamonaviy yutuqlarning poydevorini yaratadi. Ming yilliklarga borib taqaladigan ilmiy anʼanalarni davom ettirishga xizmat qiladigan ushbu tarixiy hamkorlikdan faxrlanamiz.”

 

2020-yilda tashkil etilgan BMU Oʻzbekistondagi yetakchi xususiy universitet boʻlib, sifatli Britaniya taʼlimini taqdim etish, puxta akademik tadqiqotlarni rivojlantirish hamda innovatsiya, tadbirkorlik va xalqaro hamkorlikni ragʻbatlantirishga sodiqdir.